POLIGONDAGI CHIQINDINI ZICHLASHDA KOMPAKTOR MASHINASINING TISHLARI JOYLASHUVI VA ULARNING O‘RNI
Keywords:
kompaktor, poligon, chiqindi zichlash, tish geometriyasi, kompaktsiyon koeffitsiyenti, qattiq maishiy chiqindi, tish joylashuv sxemasi, ishchi organ, zichlash bosimi, o‘tish soni.Abstract
Ushbu maqolada chiqindilarni maydonchalarda (poligonlarda) zichlash jarayonida ishlatiladigan kompaktor mashinalarining ishchi organi — tishlarning geometrik joylashuvi, shakli va ularning texnologik o‘rni ilmiy-texnik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tishlarning qator bo‘yicha joylashish sxemalari, ular orasidagi masofa parametrlari va bu parametrlarning zichlash samaradorligiga ta‘siri matematik model asosida o‘rganildi. Qoida tariqasida qo‘llaniladigan tish turlari — piramida, konus va parallelepiped shakllilarining afzallik hamda kamchiliklari solishtirildi. Kompaktsiyon koeffitsiyentiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan bo‘lib, ular orasida mashinaning ish og‘irligi, tish joylashuv burchagi va o‘tish soni alohida o‘rin tutadi. Olingan natijalar O‘zbekiston sharoitidagi qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida kompaktorlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. QMCh statistikasi. Toshkent, 2023.
2. Xorijonov A.R., Nazarov B.T. Chiqindilarni zichlash mashinalarining ishchi organlari tuzilishini takomillashtirish. // Texnika fanlari jurnali. — 2021. — №3. — B. 45–52.
3. Hamidov O.A., Rajabov F.I. Poligon qurilishi va ekspluatatsiyasida muhandislik echimlari. — Toshkent: TDTU nashriyoti, 2020. — 188 b.
4. Tavbay Khankelov, Akobir Mukhitdinov, Sobit Ibrokhimov, Norqul Aslonov, Sardor Mirkholikov Determination of the lengths of rebounds of elastic components of solid municipal waste ttps://doi.org/10.1063/5.0089528