Logo

KO’ZNI HARAKATLANTIRUVCHI MUSHAKLAR KASALLIGI – G’ILAYLIK (STRABIZM)

Authors

  • Mamasoliyeva Shahnoza Farhod qizi

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Chirchiq filiali 4-bosqich talabasi
    Author
  • Berdiyeva Dilnavoz Toshkanovna

    Central Asian Univercity Tibbiyot fakulteti Dotsenti, Biologiya fanlari falsafa doktori
    Author

Keywords:

Ko’z mushaklari, g’ilaylik (strabizm), etiologik faktorlar, g’ilaylik turlari, klinik belgilar, diagnostika, konservativ va operativ davo, statistik ma’lumotlar

Abstract

Bilamizki, ko’z kasalliklari turli – tuman shaklga ega. Ayniqsa, bugungi kunda ularning uchrash chastotasi ortmoqda va yanada yosharmoqda. Jumladan, ko’zning harakatlantiruvchi mushaklaridagi jiddiy muammoli kasalliklardan – g’ilaylik turli xil etiologiyalar sababli har bir mintaqada, har bir davlatda va har qanday yosh toifasida rivojlanishi keskin oshmoqda. U nafaqat xavfli kasallik, balki, kosmetik nuqson hamdir. E’tibor beradigan bo’lsak, orttirilgan g’ilaylik asosan bolalarning 2 – 3 yoshligida yuzaga keladi, qizlar va o’g’il bolalarda bir xilda kuzatiladi. Lekin bu kasallik yoshi kattalarda ham uchrash ehtimoli yuqori. Tug’ma g’ilaylikning ko’payishi ham oila va jamiyatga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Ko’rish o’tkirligining o’zgarishi, ko’zning shikastlanishi, ko’z harakatlarining og’ishiga shubha qilingandayoq davo choralari ko’rilsa, sog’likdagi bu muammo o’z yechimini topadi. Statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, strabizmga to’xtalmaslikning imkoni yo’q.

References

1. R. O. Muxammadiyev,Oftalmologiya ; Toshkent – 2020 .

2. M. H. Hamidova, Z. Q. Boltaboyeva , Ko’z kasalliklari ,Toshkent – 2006 .

3. Jack J. Kanskiy, Klinik Oftalmologiya.

4. https://www.yalemedicine.org

5. https://natmedlib.uz

Downloads

Published

2025-01-22