KORXONALARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
moliyaviy barqarorlik, korxonalar, iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy resurslar, baholash ko‘rsatkichlari, kapital tuzilishi, investitsiyalar, risklarni boshqarish, iqtisodiy barqarorlik, tahlil, prognozlash, moliyaviy boshqaruv.Abstract
Jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar va dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar davrida mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Korxonalar milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismlari bo‘lganligi sababli, ularning barqaror rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda asosiy omil hisoblanadi. Korxona qiymatini oshirishda eng muhim omillardan biri, uning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish orqali moliyaviy barqarorlikni saqlashdir. Moliyaviy barqarorlikni baholashda korxonalarning individual xususiyatlari inobatga olinishi lozim. Bu esa moliyaviy barqarorlikni to‘liq baholashda qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, moliyaviy barqarorlikni baholashning asosiy ko‘rsatkichlari tadqiq etilgan. Maqolada, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga oid takliflar ham ishlab chiqilgan.
References
1. Любушин Н. П., Бабичева Н. Э., Галушкина И. А., Козлова Л. В. Анализ методов и моделей оценки финансовой устойчивости организаций // Экономический анализ: теория и практика – 2010 – № 1 (166) – С. 3–11.
2. Долгих Ю. А., Слепухин Ю. Э., Инновационный методический подход к оценке финансовой устойчивости предприятия // Инвестиционно-инновационная политика – 2018. – ноябрь-декабрь. – С. 33–40.
3. Umarov, I. D. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlariga asoslangan yangi model.
4. Tursunov, R. S. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda va iqtisodiy xavfsizlikni oshirishda investitsion faoliyatning o‘rni.
5. Sattarov, A. T. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda tashkilotlarning moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish zarurligi.