NON ISHLAB CHIQARISHNI TAHLIL QILISH VA O`RGANISH.
Keywords:
Bugungi kunda dunyo aholisini xavfsizligi yuqori bo‘lgan, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularni ishlab chiqarish uchun energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Non ishlab chiqishning samarali no’ananaviy usullarini qo’llash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Abstract
Respublika mustaqillikka erishganidan soʻng, ayniqsa, shahar aholisini non bilan barqaror taʼminlash maqsadida Non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash, non turlarini koʻpaytirish yoʻnalishlarida muhim ishlar amalga oshirildi. Daha va guzarlarda kichik non korxonalari ishga tushirildi. 2010-yilda "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibida 4 non ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent, Yangiyoʻl, Fargʻona, Qarshi), 26 non zavodi ishladi va bir sutkada 1300 t dan ziyod non mahsulotlari ishlab chiqarildi. "Oʻzdonmahsulot" tizimida har biri sutkada 3 t dan 120 t gacha non ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan 200 dan ortiq non zavodlari va kichik novvoyxonalar faoliyat koʻrsatadi (2018). Ularda dunyodagi eng ilgʻor "Vinkler" (Germaniya) va "Ekmasan" (Turkiya) kabi firmalarning zamonaviy jihozlari oʻrnatilgan. Hozirgi "Tansiq non" (Toshkent), "Buxoro non", "Samarqand non", "Nukus non", "Rizq" (Andijon), "Qarshi non" aksiyadorlik jamiyatlari tizimdagi yirik non zavodlari hisoblanadi. Non ishlab chiqarish korxonalari faqatgina yirik shaharlarda emas, balki qishloq joylarida ham rivojlangan. Oʻzbekiston Non sanoati korxonalarida 300 xildan koʻproq non ishlab chiqariladi.
References
1. Мирзиёев Ш.М. “2017-2021 Ҳаракатлар сратегияси”. – Тошкент: Адолат. 2017. - 193 б.
2. Мирзиёев Ш. М. к постановлению Президента Республики Узбекистан от «По реализации в 2020 году задач, определенных в Стратегии развития сельского хозяйства Республики Узбекистан на 2020 – 2030 годы» 28 января 2020 года № ПП-4575.
3. Ауэрман Л.Я. Технология хлебопекарного производство/Л.Я. Ауэрман, Л.И. Пучкавой // Учебник-9-е издание, перераб. И доп. Под общ.ред. СПб.: Профессия, 2006.-С-416
4. Васюкова А.Т., Современные технология хлебопечения/А.Т. Васюкова, Ф Пучкова // Учебно-практическое пособие. Москва. 2011. -224.С.
5. Долматов Г.Г., Технология хлебопекарного производство/ Г.Г.Долматов, Н.И.Селена, Н.В.Шестакова, Г. В.Ткачева // Москва. 2012.-336.С
6. www.wikipedia.org