Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash: Xalqaro va mahalliy tajribalar
Keywords:
Qishloq xo‘jaligi, mahsulotlarni saqlash, dastlabki ishlash, xalqaro tajriba, mahalliy tajriba, innovatsion texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, mahsulot sifati, boshqariladigan gaz muhiti, saqlash infratuzilmasi.Abstract
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash bo‘yicha xalqaro va mahalliy tajribalar tahlil qilingan. Dunyoning turli mintaqalarida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, mahsulot sifatini saqlab qolish va isroflarning oldini olishdagi yondashuvlar, shuningdek, O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan amaliyotlar va innovatsion loyihalar haqida ma’lumot berilgan. Maqolada mahsulotlarni boshqariladigan gaz muhitida saqlash, quritish, vakuumlash kabi texnologiyalar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining roli yoritilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzoq muddat saqlash, ularning bozorga yetkazib berishdagi holatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi omillar ushbu tadqiqotning asosiy yo‘nalishlarini tashkil qiladi.