RAQAMLI TA’LIMNING O‘ZGARUVCHAN SHAROITLARIDA O‘QUV JARAYONINI BOSHQARISH
Keywords:
raqamli ta’lim, innovatsion boshqaruv, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim, avtomatlashtirilgan baholash, raqamli kompetensiyalar, ta’lim sifatini oshirish.Abstract
Mazkur maqolada raqamli ta’limning o‘zgaruvchan sharoitlarida o‘quv jarayonini boshqarish masalalari tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim jarayonini yanada moslashuvchan, samarali va interaktiv qilish imkonini bermoqda. O‘quv jarayonini boshqarishda sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim platformalari, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari va ma’lumotlar tahlili kabi innovatsion yondashuvlarning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida raqamli infratuzilmani mustahkamlash, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish muhim vazifalardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, raqamli ta’limning afzalliklari, duch kelinayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim muhitida ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. Azizxo‘jaeva N. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” – T.: Fan, 2020.
2. Zokirova D. “Raqamli ta’lim: Innovatsion yondashuvlar va amaliyot” – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021.
3. Xodjayev Sh. “Ta’lim tizimida raqamli transformatsiya: muammolar va yechimlar” // “Oliy ta’lim” ilmiy jurnali, 2022, №4, 25-30-b.
4. Murodov A. “Raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonini boshqarish tamoyillari” – Samarqand, 2023.