BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Keywords:
boshlang’ich sinf, motivatsiya, izohli o’qish, o’qish savodxonligi, pedagogik texnologiyalar, rolli o’yin, metodlar, o’quvchi faolligi.Abstract
Bugungi zamonaviy ta’lim tizimida o‘qish savodxonligi eng muhim va ajralmas yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf bosqichida ushbu ko‘nikmaning mustahkam poydevorga ega bo‘lishi nafaqat bolaning o’qish savodxonligi, tafakkuri va nutqiy rivojlanishi balki uning kelajakdagi o‘quv faoliyati uchun ham asosiy omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosatida savodxonlik masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, ushbu sohada yangicha metodik yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga ehtiyojning ortib borayotgani o’qish savodxonligini rivojlantirish ta’limning asosiy maqsadlaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu bois, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini zamonaviy, innovatsion va samarali metodlar asosida rivojlantirish dolzarb ilmiy-amaliy muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada izohli o‘qish, aql xaritasi, rolli o‘yin, rasm asosida hikoya tuzish, mosini topish, matn qismlarini joyiga qo‘yish, rangli so‘zlardan foydalanish, muammo asosida o‘qitish, individual yondashuv, motivatsion rag‘bat tizimi, multimedia vositalaridan foydalanish va guruhlardagi hamkorlikka asoslangan faoliyat kabi metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Har bir usul amaliy mashg‘ulotlar orqali sinovdan o‘tkazilib, o‘quvchilarning matnni tushunish qobiliyati, o’qish savodxonligini rivojlantirishga, tanqidiy fikrlashi hamda o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqot natijalari boshlang’ich sinf o’quvchilarida savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan nazariy asoslar hamda amaliy tavsiyalarni taqdim etadi
References
1. Abdullaeva, D. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: TDPU nashriyoti.
2. Allayeva, S., & Xolmurodova, M. (2021). Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish yo‘llari. O‘zDJTU ilmiy jurnali, 3(2), 45–50.
3. Azizova, N. (2019). Matn ustida ishlash metodikasi: boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llanma.Samarqand: Zarafshon nashriyoti.
4. Hasanov, B. (2022). O‘qish savodxonligi va uni rivojlantirishning psixopedagogik asoslari. Pedagogik ta’lim, 5(1), 34–39.
5. Nazarova, G. (2018). O‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish metodikasi. Andijon:O‘qituvchi nashriyoti.
6. Rahimova, D. (2021). Boshlang‘ich sinf darslarida interfaol metodlar. Boshlang‘ich ta’lim muammolari, 4(3), 60–65.
7. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes.Cambridge, MA: Harvard University Press.
8. Snow, C. E., & Biancarosa, G. (2003). Reading for Understanding: Toward an R&D; Program in Reading Comprehension. Santa Monica, CA: RAND Corporation.
9. Nation, I. S. P. (2009). Teaching ESL/EFL Reading and Writing. New York: Routledge.
10. Grabe, W., & Stoller, F. L. (2013). Teaching and Researching Reading (2nd ed.). New York: Routledge.
11. Sigalingging, R., Nababan, H., Putra, A., & Nababan, M. (2023). Enhancing Learning Motivation in Elementary Schools: The Impact and Role of Rewards. Educational Research Journal, 7(1), 22–30.
12. Ushinskiy, K. D. (1864). Izohli o‘qish metodikasi. Toshkent: Iste’dod nashriyoti.
13. Suxomlinskiy, V. A. (1974). Pedagogik amaliyotda insonning axloqiy tarbiyasi. Moskva:Prosveshcheniye nashriyoti.