HAJVIYALARDA ANTONIMLARNING KULGI YARATISHDAGI O’RNI
Keywords:
hajv, antonim, kulgi, stilistik vosita, kinoya, obraz.Abstract
Ushbu maqolada hajviy adabiyotda antonimlarning kulgi yaratishdagi roli o‘rganiladi. Asosiy tahlil obyekti sifatida o‘zbek hajviy yozuvchisi Habib Siddiqning asarlari tanlandi. Tadqiqot davomida antonim birliklarning hajviy ifoda vositasi sifatida qanday ishlatilishi, ularning personajlar xarakterini ochishdagi, ijtimoiy tanqidni kuchaytirishdagi hamda komik effekt yaratishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada konkret matn namunalaridan foydalanilgan holda, antonimlarning kulgi estetikasi va ma'no kontrastiga asoslangan ijtimoiy-hajviy maqsadlardagi funksiyalari yoritiladi.
References
1. Soliyeva D. Hajviy hikoyalar ustasi. – Andijon, 2023.
2. Habib Siddiq. Bedavo dardning davosi. – Toshkent, 2004.
3. Do’smatov H. Askiya matni lingvostilistikasi. – Toshkent:Fan. 2015.
4. Mirtojiyev M. Hozіrgі o‘zbek adabіy tіlі. – Toshkent, 2004.