YANGI QABUL QILINGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MUHIM JIHATLARI
Keywords:
Konstitutsiya, qonun, mustaqillik, maqbullik, Prezident, davlat tili, murakkab tarixAbstract
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatning asosiy qonuni sifatidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan ushbu hujjat davlat tuzilishini mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tartibga solishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud tizimi mustaqilligini ta’minlash, ijtimoiy adolatni rivojlantirish va xalqaro huquqiy me’yorlarga moslashishdagi roli atroflicha yoritilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning fuqarolar ongida vatanparvarlik, huquqiy madaniyat va davlatga ishonchni mustahkamlashdagi ahamiyati, madaniy-ma’rifiy tadbirlar orqali targ‘ib qilinishi tahlil etiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekistonning suvereniteti, xalqaro munosabatlardagi o‘rni va inson huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqola Konstitutsiyaning mamlakat rivojlanishi, demokratik islohotlar, ijtimoiy tenglik va adolatni ta’minlashdagi strategik rolini sodda va tushunarli tarzda ilmiy asosda ko‘rsatib beradi.
References
1. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y.,3-4-son, 27-modda.
3. O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi konstitutsiyasi 2023-yil 1-may.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining rasmiy internet sahifasi. https://adliya.uz/
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rasmiy Sayti. https://president.uz/