DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA SHARTNOMA SHARTLARINI BAJARISH VA TO‘LOV INTIZOMINI YAXSHILASH ZARURIYATI
Keywords:
davlat xarid, elektron savdo, tender, shaffoflik, davlat byudjeti, mahalliy byudjet, byudjet nazorati, ochiq byudjet.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridi tizimi va uning g‘aznachilik asosida tashkil etilishi, mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, huquqiy-meyoriy asoslarini takomillashtirish zarurati yoritilgan. Muallif davlat xaridining davlat byudjeti ijrosidagi roli, g‘aznachilik tizimidagi dastlabki nazoratning ahamiyati hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda davlat xaridining strategik zarurligini asoslab beradi. Maqolada O‘zbekistonda davlat xaridining YAIMdagi ulushi (taxminan 18%) qayd etilib, bu ko‘rsatkich orqali davlat xaridining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga bo‘lgan bevosita ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat xaridini amalga oshirishda tenderlar, ochiqlik, raqobat, mahsulot sifati va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash kabi jihatlarning dolzarbligiga urg‘u beriladi.