XALQARO MOLIYAVIY INQIROZLAR: SABAB VA OQIBATLARI
Keywords:
xalqaro moliya, inqirozlar, moliyaviy tanazzul, sikl, moliyaviy pasayish, turg‘unlik, bankrotlik, jahon moliyasi.Abstract
Mazkur maqolada iqtisodiy o‘sishning uzoq va qisqa muddatli xarakteri, iqtisodiy sikllar va ularning bosqichlari tahlil etilgan. Qisqa muddatli davrda iqtisodiyotda yuzaga keladigan tebranishlar iqtisodiy sikllar yoki tebranishlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada Kitshin, Jyuglar, Kuznets va Kondratev kabi taniqli iqtisodchilar tomonidan taklif qilingan iqtisodiy sikl turlari tavsiflangan. Har bir siklning davomiyligi, sabab omillari va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, jahon tarixida yuzaga kelgan asosiy moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar: 1857 yilgi birinchi jahon inqirozi, 1929-1933 yillardagi Buyuk depressiya, 1973 yilgi energetik inqiroz, 1997 yilgi Osiyo inqirozi va boshqalar haqida mufassal ma’lumot berilgan. Ularning sabab va oqibatlari jadval asosida ko‘rsatilgan. Iqtisodiy globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari ham ko‘rib chiqilgan.