MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING TUTGAN O‘RNI
Keywords:
bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlik sub’yektlari, aholi bandligi, yangi iqtisodiy islohotlar, kichik tadbirkorlik.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi atroflicha tahlil qilingan. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni, uning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, zamonaviy bozor talablariga moslashuvchanligi va innovatsiyalarni joriy etishdagi ustunliklari yoritilgan. 2023-yilgi statistik ma’lumotlar asosida kichik korxona va mikrofirmalar sonining kamayishi, ularning YaIMdagi ulushining pasayishi kabi holatlarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, dunyo tajribasi asosida O‘zbekistonda ushbu sohaga berilayotgan e’tibor, ishlab chiqilgan strategiyalar va yo‘l xaritalarining iqtisodiy o‘sishdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilib, ushbu sohaning barqaror iqtisodiy taraqqiyotdagi muhim o‘rni ta’kidlangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi – stat.uz
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish. D.Sobirjonova, U.Boymatova, F.Bozorova
3. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish. M.M.Abduraxmonova