AGROTEXNIKA SOHASIDA INGLIZ TILINI O‘RGANISH: ZAMONAVIY MUHANDIS UCHUN ZARURAT
Keywords:
agrotexnika, ingliz tili, texnik mutaxassislik, zamonaviy muhandis, kasbiy rivojlanish, ingliz tili, xalqaro hamkorlik, ilmiy-texnik yangiliklar, til kompetensiyasi, texnik terminologiya, muhandislik ta’limi.Abstract
Ushbu maqolada agrotexnika sohasida ingliz tilining ahamiyati, uning kasbiy rivojlanishdagi o‘rni va kelajak istiqbollari yoritilgan. Xalqaro tajribalar, texnik hujjatlar, va ilmiy-texnik adabiyotlar asosan ingliz tilida bo‘lgani uchun bu tilni bilish, har bir zamonaviy muhandis uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida texnik fanlar, jumladan, agrotexnika tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Aksariyat ilmiy yangiliklar, texnik hujjatlar, darsliklar va qo‘llanmalar ingliz tilida yozilgan bo‘lib, zamonaviy muhandis ushbu tilni egallamasa, sohadagi yangiliklarni o‘zlashtira olmaydi. Ingliz tilini bilish nafaqat nazariy bilimlarni chuqurlashtiradi, balki amaliy faoliyatda, jumladan, xalqaro ko‘rgazmalar, ilmiy konferensiyalar, xorijiy grantlar va stajirovkalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkonini yaratadi. Maqolada ingliz tilining agrotexnika sohasidagi ahamiyati, o‘qitishning samarali usullari va kelajakdagi istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolada agrotexnika sohasida ingliz tilining ahamiyati, uning kasbiy rivojlanishdagi o‘rni va kelajak istiqbollari yoritilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ingliz tilini chuqur o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va ularning texnik sohalarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Mualliflar ingliz tilini texnik mutaxassislar uchun nafaqat aloqa vositasi, balki strategik ustuvorlik sifatida talqin etadilar. Xulosa qismida muhandislar uchun ingliz tilini o‘rganish zarurati asoslanib berilgan hamda u kasbiy salohiyatni kengaytiruvchi muhim omil sifatida baholangan.
References
1. O‘zagrotexhim statistik byulleteni, 2023.
2. Crystal, D. (2003). English as a Global Language. Cambridge University Press.
3. FAO: Agricultural Machinery Reports, 2023.
4. NRU Agricultural Engineering Survey, 2024.
5. John Deere. (2022). Operator’s Manual for GPS-guided Tractors5. Temirov, Sh. (2022). “Agrosanoat yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitish metodikasi va zamonaviy yondashuvlar.” // Oliy ta’lim muammolari, №1, 41–46-betlar.
6. British Council. (2021). The English Effect: The impact of English on the world today. London.