TASODIFIY JARAYONLAR. MARKOV JARAYONI
Keywords:
Tasodifiy jarayon, Markov jarayoni, о ‘tish ehtimollari zichligi, bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan Markov jarayoniAbstract
Tabiatda va insonlar faoliyatida muayyan bir S tizimning holatlarini bir yoki bir necha miqdorlar orqali ifodalash mumkin bo‘lgan hollar juda ko‘p uchraydi. Ko‘pincha, bunday tizimlarning holati vaqtning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, ushbu bog‘liqlik xarakterini awaldan aniqlab bo‘lmaydi. Lekin, ular muayyan statistik qonuniyatlarga bo‘ysunadiki, ular orqali tizimning ma’lum bir holatda bo'lishi yoki tizim holatini ifodalovchi miqdorlami ma’lum bir qiymatlami qabul qilishi ehtimolini aniqlash mumkin bo‘ladi. Masalan, tashkilotning oladigan foydasi, tovar sotilishi hajmi, yong‘in xavfsizligi qismlariga kelib tushadigan chaqiruvlar soni, yong‘inlar natijasida ko‘riladigan moddiy zarar hajmi va shu kabi kattaliklar vaqt o‘tishi mobaynida tasodifiy ravishda o‘zgarib boradi. Ushbu kattaliklami avvaldan aniq bilish mumkin bo‘lmasada, ularni ma’lum qiymatlarni qabul qilish ehtimollarini aniq hisoblash yoki baholash mumkin bo‘ladi. Bunday masalalami hal qilishda tasodifiy jarayonlar nazariyasini qo’lanilishi samarali natijalar beradi.
References
1. A. N. Shiryayev. Probability. “ Graduate Texts in Mathematics ;95” . Springer Science+. Business Media, LLC. 1984 year.
2. Самарова С.С.2-курс теория вероятностей Лектор А.В. Булинский. Гр.855.
3.Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika: o‘quv qo‘llanma/ A.A.Abdushukurov [va boshq.]. - Т.: «Tafakkur Bo‘stoni», 2015. —416 b.
4. Ивченко Г.И., Медведев Ю.И. Введение в математическую статистику: Учебник. М., Издательство ЛКИ, 2010. 600 с.
5. Боровков А. А. Теория вероятностей. - М.: Либроком. 2009. 656 с
6. Sh.Q.Formanov. Ehtimolliklar nazariyasi. Universitetlar va pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik. Toshkent, “Universitet”, 2014.