Logo

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA JONLI TABIAT BURCHAGI ASOSIDA TABIIY KOMPOTENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Yaylovboyeva Maftuna Lochinbek qizi

    University of Business and Science M.PD-24-01 talabasi e-mail: maftuna.0505.bb@gmail.com +998948630020
    Author

Keywords:

Jonli tabiat burchagi, tabiiy kompetensiyalar, boshlang‘ich ta’lim, ekologik tarbiya, kuzatuv faoliyati,amaliy mashg‘ulotlar,tajriba, o’quvchilarning faolligi,tabiiy fanlar, refleksiya

Abstract

Mazkur ilmiy maqolamda  boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jonli tabiat burchagi orqali tabiiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, ekologik tarbiya berish, kuzatish, solishtirish, tahlil qilish va natijalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy ta’lim jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Jonli tabiat burchagi – bu o‘quvchilarni atrof-muhit bilan bevosita tanishtiruvchi, ularni tabiatdagi qonuniyatlarni anglashga, o‘simlik va hayvonot olami bilan amaliy muloqot qilishga undovchi muhim tarbiyaviy vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda jonli tabiat burchagining imkoniyatlari, u orqali o‘quvchilarda qanday kompetensiyalar shakllanishi mumkinligi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va kuzatish faoliyatini qanday yo‘lga qo‘yish mexanizmlari batafsil yoritilgan.Shuningdek, bu ilmiy ishda o‘quvchilarning tabiiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik yondashuvlar, metodlar (kuzatuv, tajriba, guruhiy muhokama, yozma fikr yuritish) tavsiflanadi. O‘quvchilarning jonli tabiat burchagidagi faol ishtiroki ularning ekologik savodxonligini oshirish, tabiatga e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishini shakllantirishda muhim omil sifatida ko‘rsatiladi.

Tadqiqot natijalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy kompetensiyalarini bosqichma-bosqich shakllantirish modeli taklif etilgan bo‘lib, u amaliyotga yo‘naltirilgan, faol o‘quv metodlariga asoslangan hamda o‘quvchining shaxsiy faolligini rag‘batlantiruvchi xususiyatga egadir.Ushbu ish boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlar integratsiyasi, amaliy mashg‘ulotlar va ekologik tarbiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, metodistlar, hamda pedagogika yo‘nalishidagi tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi PQ-3304-sonli qarori. «Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi». Toshkent, 2019.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 434-sonli qarori. «Ekologik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar». Toshkent, 2019.

3. Sobirova, G. «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish metodlari». Pedagogika jurnal, 2020.

4. Tursunov, S. «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida amaliy tabiatshunoslik kompetensiyalarini rivojlantirish». Ilmiy izlanishlar, 2023.

5. Usmonov, A. «Tabiat bilan interfaol muloqot: boshlang‘ich sinfda ekologik tarbiya metodlari». Toshkent, 2020.

6. Ergasheva, M. «Ekologik kompetensiyalarni shakllantirishda jonli tabiat burchagi roli». Pedagogik tadqiqotlar, 2021.

7. Abdullayeva, F. «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kuzatuv faoliyatini tashkil etish». Ta’lim va rivojlanish, 2022.

Downloads

Published

2025-06-18