PODAGRA GENETIK KODINGDA: IRSIYAT IZLARI VA MOLEKULYAR DALILLAR
Keywords:
Podagra, metabolik artropatiya, oilaviy yuvinil giperyurikemik nefropatiyalar, medullyar kistoz buyrak kasalliklari, giperurikemiya, ULD, siydik kislotasi, SLC2A9, SLC22A12, ABCG2,Abstract
Podagra—bu purin almashinuvi buzilishi oqibatida rivojlanadigan, monosodyum urat kristallarining to‘qimalarda cho‘kishi bilan kechuvchi metabolik artropatiya bo‘lib, zamonaviy molekulyar-genetik tadqiqotlar uning monogen va poligen shakllarda irsiy uzatilishini ko‘rsatmoqda. Ushbu ilmiy ishda podagraning patogenezida ishtirok etuvchi asosiy transport genlari, jumladan, SLC2A9 (GLUT9), SLC22A12 (URAT1), ABCG2, UMOD va ular tomonidan kodlanadigan oqsillarning funksional ahamiyati, siydik kislotasi renal ekskresiyasi va reabsorbsiyasidagi roli tahlil qilinadi. Xususan, allelik variantlar va SNP’lar (single nucleotide polymorphisms) asosida urat transporti mexanizmlariga ta’sir qiluvchi genetik determinantlar, ularning giperurikemiya va podagra rivojlanishidagi etiopatogenetik hissasi chuqur ilmiy tahlil ostiga olinadi. Bundan tashqari, oilaviy yuvinil giperyurikemik nefropatiyalar (OYGN), medullyar kistoz buyrak kasalliklari (MKBK) kabi autosomal dominant sindromlar kontekstida UMOD genidagi mutatsiyalarning klinik va molekulyar ta’siri yoritiladi. Podagraga oid genetik biomarkerlardan klinik amaliyotda foydalanish, shuningdek farmakogenetik jihatdan allopurinol va febuksostat kabi ULD (urat lowering drugs) preparatlariga individual javob reaksiyasini bashoratlash imkoniyati ham muhokama qilinadi.
Ushbu maqola podagrani molekulyar va genetik asosda aniqlash, uning irsiy omillar orqali shakllanishini tasdiqlovchi dalillarni tahlil qilish hamda siydik kislotasi metabolizmidagi genetik determinantlarning klinik ifodalanishiga bo‘lgan ta’sirini ilmiy asosda yoritishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari podagraning multifaktorial, biroq genetik komponenti yetakchi bo‘lgan kasallik ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa uni nasliy asoslangan metabolik kasallik sifatida qayta baholash va kelajakdagi genetik skrining, profilaktika va fundamental tadqiqotlar uchun zarur ilmiy poydevor yaratadi.
References
1. Harrold L.R., Etzel C.J., Gibofsky A., Kremer J.M., Pillinger M.H., Saag K.G., Yood R.A., Mikuls T.R. Sex differences in gout characteristics: tailoring care for women and men // BMC Musculoskeletal Disorders. — 2013. — Vol. 14. — Article 216.
2. Köttgen A., Albrecht E., Teumer A., Vitart V., Krumsiek J., Hundertmark C. et al. Genome-wide association analyses identify 18 new loci associated with serum urate concentrations // Nature Genetics. — 2013. — Vol. 45, No. 2. — P. 145–154.
3.Таиров Д.Р., Бердиев Д.Х.,”Подагра иммунологические и генетечискиеособенности заболевания” Volume:3 Issue:12 Dec-2024 journals.academiczone.net
4. Kolz M., Johnson T., Sanna S., Teumer A., Vitart V., Perola M. et al. Meta-analysis of 28,141 individuals identifies common variants within five new loci that influence uric acid concentrations // PLoS Genetics. — 2009. — Vol. 5, No. 6. — e1000504.
5. Nakayama A., Matsuo H., Shimizu S., Ogata H., Ichida K., Shinomiya N. Common variants of ABCG2 and SLC2A9 are associated with gout susceptibility: a genome-wide association study in a Japanese population // Annals of the Rheumatic Diseases. — 2010. — Vol. 69, No. 5. — P. 923–926.
6. Таиров Д.Р., Бердиев Д.Х., ” ПОДАГРА КАСАЛЛИГИ БИЛАН КАСАЛЛАНГАН БЕМОРЛАРДА ЮРАК ҚОН ТОМИР ЗАРАРЛАНИШЛАРИНИНГ ВА МЕТАБОЛИК СИНДРОМНИНГ КОМОРБИД КЕЧУВИ” 2nd International Congress on Multidisciplinary Studies Hosted from Indonesia https://conferencepublication.com February 20th, 2021
7. Choi H.K., Ford E.S., Li C., Curhan G. Prevalence of the metabolic syndrome in patients with gout: The Third National Health and Nutrition Examination Survey // Arthritis & Rheumatism. — 2007. — Vol. 57, No. 1. — P. 109–115.
8. Merriman T.R., Dalbeth N. The genetic basis of hyperuricaemia and gout // Joint Bone Spine. — 2011. — Vol. 78, No. 1. — P. 35–40.
9. Major T.J., Topless R.K., Dalbeth N., Merriman T.R. Evaluation of the diet wide contribution to serum urate levels: meta-analysis of population-based cohorts // BMJ. — 2018. — Vol. 363. — k3951.
10. MedlinePlus: Gout. — https://medlineplus.gov/gout.html
11. Genetics Home Reference: Gout. — https://ghr.nlm.nih.gov/condition/gout