KON KORXONALARIDA QO‘LLANILAYOTGAN TURG‘UN MASHINALAR VALLARI O‘QIY NOMUTANOSIBLIKLARINI ULARNING ISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH.
Keywords:
turg‘un mashinalar, val o‘qi nomutanosibligi, nasos agregatlari, kompressor uskunalari, tebranish diagnostikasi, energiyani tejash, o‘rnatish aniqligi, lazerli markazlash, indikatorlar, ekspluatatsion samaradorlik, val hizalanishi, texnik xizmat ko‘rsatish, mexanik nosozliklar, energiya sarfi.Abstract
Ushbu maqola sanoat korxonalarida qo‘llanilayotgan turg‘un mashinalar, nasos va kompressor agregatlari ish faoliyatiga val o‘qiy nomutanosibligining ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Shuningdek, valning o‘qiy nomutanosibligi natijasida yuzaga keladigan ortiqcha tebranish, energiya sarfi ortishi hamda agregat qismlarining muddatidan oldin ishdan chiqish holatlari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining texnologik nasos stansiyalari hamda kompressor bloklaridan amaliy ma’lumotlar to‘plandi va ularning asosida o‘qiy nomutanosibligining eng ko‘p uchraydigan sabablari aniqlab chiqildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, val o‘qi nomutanosibligi, odatda, noto‘g‘ri montaj, termik kengayish, tayanchlarning deformatsiyasi yoki amaliy ravishda sozlanmagan biriktiruvlar natijasida yuzaga kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa mashina ish faoliyatining pasayishiga, elektr energiyasi sarfining ortishiga va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishiga olib keladi.
Tadqiqot davomida val o‘qiy nomutanosibligini aniqlashda turli indikatorlar, lazerli markazlash qurilmalari hamda tebranish diagnostikasi usullaridan foydalanildi.
Amaliy kuzatuvlar natijasida, val o‘qiy nomutanosibligi mavjud bo‘lgan agregatlarda energiya sarfi me’yordagidan 7–15% gacha ortishi, hamda podshipnik va muftalarning ishdan chiqish xavfi 2 barobargacha oshishi mumkinligi aniqlandi.
Bundan tashqari, nomutanosiblikni aniqlash va oldini olish bo‘yicha bir nechta usullar taklif qilindi. Jumladan, periodik lazerli markazlash tekshiruvlari, ishlash davomida tebranish monitoringi o‘rnatish, montajdan so‘ng termik kompensatsiya choralarini ko‘rish hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida maxsus standartlarga rioya qilish kabi choralar ko‘rib chiqildi.
Izlanishlar natijasida turg‘un mashinalarning val o‘qidagi nomutanosiblikni bartaraf etish orqali uskunalar samaradorligini oshirish, ularning xizmat muddatini uzaytirish va energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
References
1. Малахов А.Ю. Диагностика и техническое обслуживание промышленных машин. – Москва: Машиностроение, 2019. – 384 с.
2. Комиссаров С.А., Гусев В.Ю. Надежность и диагностика валов и подшипников. – Санкт-Петербург: Политехника, 2018. – 296 с.
3. Березин В.А., Третьяков А.И. Вибрационный контроль технического состояния оборудования. – Москва: Энергия, 2020. – 412 с.
4. GOST 20790-2000. Mashina va mexanizmlarda aylanuvchi qismlarning o‘qiylikka mosligi. Umumiy texnik talablar. – Moskva: Standartinform, 2000.
5. ISO 10816-1:1995. Mechanical vibration — Evaluation of machine vibration by measurements on non-rotating parts.
6. Мехтиев Ш.Ю., Абдулаев А.Т. Texnologik mashina va mexanizmlarni ekspluatatsion holatini baholash. – Toshkent: Oliy ta’lim, 2022. – 200 b.
7. Горячев Ю.И. Техническое обслуживание и ремонт машин и оборудования предприятий горной промышленности. – Москва: Недра, 2016. – 336 с.
8. Uralov M.S. Sanoat mashinalarida vibratsion muvozanat va xizmat ko‘rsatish madaniyati. – Qarshi: QDPI nashriyoti, 2023. – 145 b.
9. Ilmiy maqolalar to‘plami: “Kon sanoatida zamonaviy muammolar va echimlar” – Toshkent: TMI konferensiya materiallari, 2024.
10. Юсупов Ш.А., Эргашев К.Р. Kon sanoatida qo‘llaniladigan mexanik uskunalar va ularning ekspluatatsiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 278 b.