Logo

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA FANINI O’QITISHDA CHOLG’U IJROCHILIGINING AHAMIYATI O’QUVCHILARINI

Authors

  • Shaxobiddinova Aziza Shavkatjon qizi

    Andijon Davlat Pedagogika instituti
    Author

Keywords:

Musiqa ta’limi, cholg‘u ijrochiligi, estetik tarbiya, umumta’lim maktabi, musiqiy kompetensiya, metodik yondashuv, musiqiy tafakkur, madaniy identitet.

Abstract

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa fanini o‘qitishda cholg‘u ijrochiligining ahamiyati yoritiladi. Cholg‘u san’ati o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, musiqiy tafakkurini rivojlantirish va milliy madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida musiqiy-psixologik tahlil, kompetensiyaviy yondashuv, shuningdek, komparativ metoddan foydalanilgan. Pedagogik kuzatuvlar, kontent-tahlil va eksperimental yondashuv orqali musiqa darslarida cholg‘u ijrochiligi orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari qanday shakllanishi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, cholg‘u asboblari bilan bevosita ishlovchi o‘quvchilar musiqiy ifoda, ritm sezimi va eshituv madaniyatini yuqori darajada egallaydi. Shuningdek, bu jarayon ularning ijtimoiy-emosional rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

References

1. G‘ulomov, R. O‘quvchilarda estetik didni shakllantirishda musiqa fanining roli., Toshkent: O‘qituvchi, 2018,176 b.

2. Jo‘rayev, A. Pedagogik mahorat va zamonaviy dars., Samarqand: Ziyo Nashr, 2016, 198 b.

3. Karimova, D. Milliy cholg‘u ijrochiligi asoslari.,Toshkent: San’at, 2020, 142 b.

4. Qurbonov, A. Musiqa ta’limining nazariy asoslari.,Toshkent: Fan va Texnologiya, 2015, 190 b.

5. Sayfiddinova, M. Musiqa pedagogikasi va metodikasi.,Buxoro: Buxoro nashriyoti, 2017,160 b.

6. UNESCO. Learning to Live Together through Music Education.,Paris: UNESCO Publishing, 2019.

Downloads

Published

2025-07-10