BUXOROLIK QAHRAMONLAR XALLOQ AMINOV,ERNAFAS XO’JAYEV,SHARIF ERGASHOV.»
Keywords:
Ikkinchi jahon urushi, front,qahramon,fashizm, harbiy sanoat, Buxoro mehnatkashlari,engil sanoat,mahalliy sanoat,aviatsiya,harbiy kiyim- kechak,qurol-yaroq,paxta sanoati,kimyo sanoati,qurol-yaroqyaroq sanoati,kimyo sanoati,harbiy bo'linmalar,aviatsiya,tank,tank motorlari,snaryad,artilleriya o’qlari, orden va medallarAbstract
Fashizmga qarshi urushda barcha Ittifoqdagi oʼgʼlonlar qatori oʼzbek xalqining mardu maydon yigitlari ham sovet kishisiga, sovet jangchisiga xos shijoat namunalarini koʼrsatib, ona-yurtimizni dushmandan himoya qildilar, fashist bosqinchilarini tor-mor etishda mardlik koʼrsatdilar, to Berlinga qadar boʼlgan gʼolibona yurishda turli millat jangchilari bilan bir safda harakatda boʼldilar. Oʼzbek oʼgʼlonlari bilan bir qatorda Oʼzbekistonda tugʼilib oʼsgan rus va boshqa millat farzandlari ham bir safda borib, xalq ishonchini oqladilar.Oʼzbekiston jangchilarning koʼpi fashizmga qarshi urushda koʼrsatgan jasorati evaziga sobiq SSSRning jangovar orden va medallari bilan taqdirlandi.
Fashizmga qarshi urush janglarida alohida mardlik va qahramonlik koʼrsatgan juda koʼp oʼzbekistonliklar qatorida buxorolik jangchilar ham koʼp sonli edi.
Buxoro farzandlari fashizmga qarshi urushning birinchi kunlaridan boshlab, oʼz ixtiyolari va arizalari bilan Vatan himoyasiga otlandilar. Fashizmga qarshi urush yillarida Buxoro oʼzining asl 56948 farzandini frontga joʼnatdi. Shuning 176 tasi buxorolik xotin-qizlar edi. Rosa 1418 kecha-kunduz davom etgan urushda buxoroliklardan 30115 jangchi qaytib kelmadi. Ular turli yerlarda qahramonlarcha halok boʼldi. Аtigi 26833 jangchi qaytib keldi. Ularning ham koʼpchiligi qattiq jarohatlangan edi. Buxoroliklardan 5 mingdan ortiq kishi orden va medallar bilan taqdirlandi.
Buxorolik jangchilardan 13 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni darajasida taqdirlandidir. Halloq Аminov, Ernafas Xoʼjaev , Sharif Ergashevlar ham Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanganlardan edi
References
1. Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.1-jild .T; O’zbekiston,2018.396 b.
2. Buxoro viloyat davlat arxivi,1157f. 1-ro’yxat.
3. “Sovet jangchisi” front gazetasi.1944 yil 10 mart.
4. “Pravda Vostoka” ,14 noyabr 1943 yil.
5. “Qizil Armiya”, front gazetasi,1943 yil,10 mart.
6. O’zbekiston SSR tarixi,T;Fan,1975,300-480


