POLITEXNIKUM TALABALARI UCHUN TURKIY ADABIYOTNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI: MAHMUD KOSHG‘ARIY ASARIDA O‘ZLIKNI ANGLASH
Keywords:
Mahmud Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit turk”, turkiy adabiyot, milliy o‘zlik, ta’lim jarayoni, raqamli yondashuv, ma’naviy tarbiyaAbstract
Politexnikum ta’limida turkiy adabiyot fanining o‘rni yoshlarning ma’naviy kamoloti va milliy o‘zligini anglashida muhim ahamiyat kasb etadi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari esa bu jarayonda nafaqat tarixiy manba, balki zamonaviy tafakkurni shakllantiruvchi madaniy ko‘zgudir. Ushbu maqolada Koshg‘ariy merosining bugungi ta’lim tizimida tutgan o‘rni yangicha yondashuvda tahlil qilinadi. Ayniqsa, asardagi birlik, axloq, ilm va ma’naviyat haqidagi g‘oyalar Politexnikum talabalari tafakkurida milliy qadriyatlarni zamonaviy dunyoqarash bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilishi asoslanadi. Shuningdek, “Devonu lug‘otit turk”ni o‘qitishda interfaol va raqamli metodlardan foydalanish orqali talabalarda mustaqil fikrlash, madaniy xotirani anglash va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
References
1. Koshg‘ariy M. Devonu lug‘otit turk. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1960.
2. Qayumov A. Mahmud Koshg‘ariy va turkiy adabiyot taraqqiyoti. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2005.
3. Jo‘rayev A. Turkiy xalqlar adabiy merosi. – Toshkent: Universitet nashriyoti, 2018.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
5. Ahmedov S. Turkiy tillarning tarixiy rivoji va madaniy aloqalari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2019.


