‘’ DIN VA ILM-FAN MUNOSABATI’’
Keywords:
Din, ilm-fan, e’tiqod, diniy qarashlar ilmiy izlanish, diniy ta’limot, ilm va din uyg’unligi, ilm va din qarama-qarshiligi, ma’naviyat va ilm, jamiyat taraqqiyoti, axloqiy qadriyatlar.Abstract
“Din va ilm-fan munosabati” mavzusi tarixiy, falsafiy va ijtimoiy jarayonlarning murakkab o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Ushbu ishda din va ilm-fan o‘rtasidagi munosabatlarning turli davrlarda qanday shakllangani, ularning bir-birini to‘ldirgan yoki qarama-qarshi bo‘lgan nuqtalari tahlil qilinadi. Tadqiqot Ian Barbour tomonidan taklif qilingan to‘rt asosiy model — mojarо, mustaqillik, dialog va integratsiya — asosida yondashadi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, o‘rta asr Yevropasida ayrim ziddiyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, musulmon Sharqida ilm-fan va din o‘rtasida uyg‘unlik hukm surgan, astronomiya, matematika va tibbiyot rivojida diniy qadriyatlar rag‘batlantiruvchi omil bo‘lgan.
Zamonaviy davrda ilm-fanning global rivoji bioetika, gen injeneriyasi, sun’iy intellekt kabi sohalarda yangi axloqiy-diniy savollarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun din va ilm-fan o‘rtasidagi muloqot jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu annotatsiyada mavzuning nazariy asoslari, tarixiy dalillari va hozirgi zamondagi dolzarbligi umumiy tarzda yoritildi.
References
1. Nasr, Seyyid Hossein. Science and Civilization in Islam. – Harvard University Press, 1968.
2. A.V.Narbekov . Dinshunoslik asoslari. Toshkent 2007.
3. Qur’oni Karim va tarjimai ma’nosi. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2021.
4. Ibn Sino. Tib qonunlari. – Toshkent: Fan, 1980.
5. Rahmonov, A. Islom va ilm-fan taraqqiyoti. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2015.
6. Pew Research Center. The Future of World Religions: Population Growth Projections, 2010–2050. – 2015.
7. Yusuf al-Qarazoniy. Ilm va din o‘rtasidagi uyg‘unlik. – Qohira: Dar al-Fikr, 2007.
8. Mo‘minov, A., Komilov, N. Islom falsafasi asoslari. – Toshkent: TDShI nashriyoti, 2012.
9. Esack, Farid. The Qur'an: A User's Guide. – Oxford: Oneworld Publications, 2005.
10. Holyoake, G.J. The Origin and Nature of Secularism. – London: Watts & Co., 1896


