Logo

XATIRCHI TUMANINING TURISTIK SALOHIYATIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Turayev Abduvohid Qo‘ldoshevich

    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi asisstenti
    Author
  • Safarov Mexruz Zafar o‘g‘li

    Samarqad iqtisodiyot va servis instituti, Iqtisodiyot fakulteti talabasi
    Author

Keywords:

Xatirchi tumani, turizm salohiyati, hududiy turizm, ekoturizm, sog‘lomlashtirish turizmi, agro-turizm, madaniy va ziyorat turizmi, turizm infratuzilmasi, oilaviy mehmon uylari, hududiy rivojlanish, bandlik, barqaror turizm

Abstract

Mazkur maqolada Navoiy viloyati Xatirchi tumanining turistik salohiyati, tabiiy-geografik va tarixiy-madaniy resurslari hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida tumanning tog‘li va vodiy hududlari, shifobaxsh mineral suv manbalari, ziyoratgoh va madaniy meros obyektlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan bog‘liq resurslarning turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada Xatirchi tumanida ekoturizm, sog‘lomlashtirish turizmi, agro-turizm hamda madaniy-ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari asoslab berilgan. Shu bilan birga, turizm infratuzilmasining yetarli darajada shakllanmaganligi, mehmonxona fondining kamligi, marketing va brendlash faoliyatining sustligi, malakali kadrlar tanqisligi kabi muammolar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha infratuzilmani yaxshilash, mahalliy aholini turizm faoliyatiga keng jalb etish, xizmatlar sifatini oshirish hamda hududning turistik jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari Xatirchi tumanida turizmni hududiy rivojlanish omili sifatida shakllantirishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. — Toshkent, 2022.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va turistik xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. — Toshkent, 2023.

3. Xalilov S.X. O‘zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlari. — Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2021. — 180 b.

4. Isomiddinov Sh., Azamatova N. Navoiy viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hududiy xususiyatlari // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. — 2023. — №11–12. — B. 45–52.

5. Omonov Sh. Hududiy turizmni rivojlantirishda xizmatlar bozorining roli // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. — 2022. — №4. — B. 88–96.

6. Yorqulov M.A. O‘zbekistonda hududiy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari // Iqtisodiy tahlil va prognozlash. — 2023. — №2. — B. 61–70.

7. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Navoiy viloyatida turizm xizmatlari va sayyohlar oqimi bo‘yicha statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2024.

https://stat.uz

8. Navoiy viloyati hokimligi rasmiy axborot xizmati. Xatirchi tumanida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar. — Navoiy, 2024.

https://navoi.uz

9. Turizm qo‘mitasi huzuridagi Hududiy turizmni rivojlantirish markazi. Xatirchi tumanining turistik salohiyati va istiqbollari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar. — Toshkent, 2024.

10. Inlibrary.uz elektron kutubxonasi. O‘zbekiston hududlarida turizmni rivojlantirish masalalariga oid ilmiy maqolalar to‘plami.

https://inlibrary.uz

Downloads

Published

2025-12-23