“ALPOMISH “ DOSTONIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVOKULTURALOGIK TADQIQI
Keywords:
Alpomish, lingvokulturalogiya, etimologik, antroponimlar, semantik,madaniyAbstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining yirik namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostonidagi antroponimlar lingvokulturalologik jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida shaxsiy nomlarning etimologik , semantik tuzilishi hamda xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini aks ettirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Doston matnida uchraydigan Alpomish, Barchinoy, Boybo‘ri kabi antroponimlar misolida nomlarning faqat nominativ vazifani emas, balki madaniy-ramziy ma’noni ham ifodalashi asoslab beriladi. Maqolada lingvokulturalologik, etimologik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Maqola natijalari epik matnlarni lingvokultural jihatdan o‘rganish, shuningdek, antroponimlarning milliy madaniyatdagi o‘rnini yoritishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
References
1. Alpomish. O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1999.
2. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili onomastikasi. – Toshkent: Fan, 1981.
3. Begmatov E. O‘zbek ismlari ma’nosi va tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998.
4. Begmatov E. O‘zbek onomastikasi masalalari. – Toshkent: Fan, 2007.
5. Safarov Sh. Lingvokulturologiya asoslari. – Toshkent: Universitet, 2010.
6. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. – Toshkent: Universitet, 2000.


