UILYAM SHEKSPIR VA ERKIN VOHIDOV DRAMATIK ASARLARIDA FOJIA VA INSONIYLIK MASALASI
Keywords:
Dramaturgiya, tragediya, fojiaviy qahramon, insoniylik, axloqiy tanlov, dramatik konflikt, ma’naviyat, vijdon, adolatAbstract
Mazkur maqolada jahon adabiyotining buyuk dramaturgi Uilyam Shekspir hamda o‘zbek adabiyotining yirik vakili Erkin Vohidov dramatik asarlarida fojiaviylik va insoniylik masalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ikkala ijodkor dramaturgiyasida inson taqdiri, axloqiy tanlov, vijdon, adolat va ma’naviy mas’uliyat masalalari fojiaviy syujetlar orqali yoritilgan. Tadqiqot davomida Shekspir tragediyalaridagi individual ruhiy konfliktlar hamda Erkin Vohidov dramatik asarlaridagi ijtimoiy-ma’naviy muammolar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda "Gumanizm" tushunchasining dramatik konfliktlardagi o‘rni, qahramonlarning ma’naviy inqirozi va insoniylikni saqlab qolish yo‘lidagi kurashi tahlil etilgan. Muallif har ikki ijodkorning fojia janri orqali ilgari surgan umuminsoniy g‘oyalarini yoritib beradi. Maqola dramatik adabiyotda fojiya va insoniylikning badiiy talqinini chuqur anglashga xizmat qiladi
References
1. Shekspir U. Hamlet. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2008. – 45–120-betlar.
2. Shekspir U. Otello. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – 60–135-betlar.
3. Shekspir U. Qirol Lir. – Toshkent: Sharq, 2011. – 30–110-betlar.
4. Vohidov E. Dramatik asarlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 15–160-betlar.
5. Vohidov E. Tanlangan asarlar (3-jild). – Toshkent: Sharq, 2014. – 200–280-betlar.
6. Qayumov O. Jahon dramaturgiyasi tarixi. – Toshkent: Universitet, 2012. – 170–210-betlar.
7. Bloom H. Shakespeare: The Invention of the Human. – Riverhead Books, 1998. – P. 380-410.
8. Anikst A. Shekspir dramaturgiyasi asoslari. – Moskva: "Iskusstvo", 1963. – B. 145-160.


