BETON QORISHMASINING ISHLOVCHANLIGIGA MAHALLIY PLASTIFIKATOR QO'SHISHNING TA'SIRI
Keywords:
beton qorishmasi, ishlovchanlik, oqimchanlik, plastifikator, konus cho’kishi laboratoriya tajribasi, mahalliy xomashyoAbstract
Ushbu maqolada beton qorishmasini laboratoriya sharoitida tayyorlash va unga mahalliy plastifikator qo‘shish orqali uning ishlovchanligini oshirish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etildi. Tajriba ishlari davomida beton qorishmalariga mahalliy asosidagi plastifikator sement massasiga nisbatan 0 %, 0,2 %, 0,3 % va 0,4 % miqdorlarda qo‘shildi. Beton qorishmasining ishlovchanligi konus cho‘kishi usuli yordamida aniqlanib, olingan natijalar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari plastifikator qo‘shilishi beton qorishmasining oqimchanligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Eng yuqori va barqaror ishlovchanlik 0,3 % plastifikator qo‘shilgan tarkibda kuzatildi. Olingan natijalar mahalliy plastifikatorlardan beton texnologiyasida samarali foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.
References
1. Neville, A.M. Properties of Concrete. Pearson Education, 2012.
2. Mehta, P.K., Monteiro, P.J.M. Concrete: Microstructure, Properties and Materials. McGraw-Hill, 2014.
3. Raximov, Z.R. Beton va temirbeton texnologiyasi. Toshkent, 2018.
4. Abduqodirov, B.Sh. Qurilish materiallari texnologiyasi. Toshkent, 2017.
5. Dvorkin et al. “Effect of superplasticizers on concrete workability.” Construction and Building Materials, 2016.
6. Termiz Davlat Muhandislik va Agrotexnologiyalar Universiteti maqolalari, 2019–2022.
7. N.A. Samig’ov Qurilish materiallari va buyumlari Toshkent 2013
8. E.U.Qosimov Qurilish ahyolari. Ma’lumotnoma. O’zbekiton respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
9. ГюСтупаковб Лю Кондратьева. Betonchilar uchun qo’llanma. Toshkent-1998
10. L. Yusupova beton va temir-beton buyumlari texnologiyasi. O’quv qo’llanma 1-qism. “Xorazm” Urganch 2025


