Logo

VOYAGA YETMAGANLARNING NOQONUNIY DINIY OQIMLARGA TUSHIB QOLISHINING HUQUQIY XAVFLARI VA JAMIYAT UCHUN OQIBATLARI

Authors

  • Yorkulova Xumora Fazliddinovna

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti talabasi
    Author

Keywords:

voyaga yetmaganlar,noqonuniy diniy oqim, huquqiy savodxonlik, diniy bag’rikenglik, huquqiy xavf, profilaktik chora, onlayn xavfsizlik, “cyber-monitoring”, algoritmik ta’sir

Abstract

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning noqonuniy diniy oqimlarga qo’shilib qolishining huquqiy xavflari va jamiyatga ta’sir etuvchi oqibatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi –voyaga yetmaganlarni noqonuniy diniy faoliyatdan himoya qilish masalasini tadqiq etish orqali bu borada O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini hamda huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish bo’yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot predmetini voyaga yetmaganlarning noqonuniy diniy oqimlarga jalb qilish jarayoni, bu jarayonning ijtimoiy-psixologik va huquqiy jihatlari, shuningdek, normativ huquqiy hujjatlar va xalqaro konvensiyalar tashkil etadi. Tadqiqot metodologiyasida empirik so’rovnomalar, statistic tahlil, normativ-huquqiy va qiyosiy-huquqiy tahlil usullari qo’llaniladi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, voyaga yetmaganlar orasida huquqiy savodxonlik yetarli darajada emasligi, onlayn muhitdagi radikal content xavfi, oilaviy hamda ta’lim muhitining profilaktik ta’siri, shuningdek huquqiy mexanizmning samarasizligi aniqlangan. Mazkur tadqiqotda “Huquqiy savodxonlik va diniy bag‘rikenglik asoslari” fanini joriy etish,yoshlar o‘rtasida noqonuniy diniy kontent tarqatadigan sahifalar va guruhlarni aniqlash uchun maxsus raqamli nazorat (cyber-monitoring) tizimini takomillashtirish, ijobiy diniy-ma’naviy ko‘rsatuv va bloglarni moliyaviy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash va “Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy tarmoqlarda algoritmik ta’sirdan himoya qilish to’g’risida” qonun yaratish takliflari ilgari surilgan.Tadqiqot natijalari ilmiy izlanishlar olib borish, normativ huquqiy hujjatlarni sharhlash, milliy qonunchilikni takomillashtirish va o’quv modullarini ilmiy-nazariy jihatdan boyitishda amaliy qo’llanilishi mumkin.

References

Downloads

Published

2026-02-26