“MENING O’G’RIGINA BOLAM” HIKOYASI MARKAZIDAGI G’OYALAR
Keywords:
hikoya qahramonlari, Roqiyabibi, insoniy fazilatlar, suhbatlar, yetim bolalar, urush yillari, shukronalik, o’g’ri.Abstract
Ushbu maqolada o’zbek xalq yozuvchisi va shoiri G’afur G’ulom qalamiga mansub bo’lgan “Mening o’g’rigina bolam” nomli hikoya markazidagi asosiy g’oyalar mazmuni keng va to’liq yoritilgan. Hamda, mazkur hikoya o’sha davr jamiyatining ahvolini qanchalik o’quvchiga yetkazib berishi to’g’risida fikr yuritilgan. Shu bilan birgalikda, hikoya qahramonlarining o’ziga xos fazilatlari va xarakterlari chuqur tahlil qilingan. Maqolada sovet davlatlari kirgan urush front ortidagi shaxslarni qanchalik mushkul ahvolga solganligi, yetim bolalarning ayanchli taqdirlari, shunga qaramay ham o’zbek xalqida saqlanib qolgan oliyjanob fazilatlar tasvirlangan. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, adibning mazkur hikoyasi nafaqat urush yillaridagi insonlar taqdirini, balki mustamlakachilik siyosatining undagi ro’lini ham yaqqol ochib berishga xizmat qiladi


