STEVIA REBAUDIANA BERTONI BARG HAJMI VA BARG YUZASINING SHAKLLANISHIGA EKISH MUDDATI, KO‘CHAT QALINLIGI HAMDA FOSFORLI O‘G‘IT ME’YORLARINING TA’SIRI
Keywords:
steviya, barg hajmi, barg yuzasi, o‘sish, fotosintetik faoliyat, hosildorlik, biomassa, rivojlanishiAbstract
Ushbu maqolada steviya o‘simligini yetishtirish jarayonida barg hajmi va barg yuzasi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi agrotexnologik omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ekish muddati, ko‘chat qalinligi hamda mineral oziqlantirish, xususan fosfor me’yorlarining barg morfologiyasi va hosildorlikka ta’siri dissertatsiya doirasida olingan laboratoriya va dala tajribalari natijalari asosida yoritilgan. Kuzatuvlar barg uzunligi, eni, umumiy barg sathi hamda o‘simlikning vegetativ rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Maqolada barg hajmi va barg yuzasining ortishi fotosintetik faoliyatning kuchayishi, biomassa to‘planishi hamda yakuniy hosildorlikning oshishiga xizmat qiluvchi muhim biologik va agroiqtisodiy omil sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari steviya yetishtirishda maqbul ekish muddatini, optimal ko‘chat qalinligini va samarali fosfor me’yorlarini tanlash barg mahsuldorligini oshirishning asosiy shartlaridan biri ekanini tasdiqlaydi. Olingan ilmiy xulosalar steviya ekinining yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish hamda barg xomashyosi sifatini oshirishda amaliy аҳamiyat kasb etadi.
References
1. Ulug‘boev A.Y. Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitida steviya (Stevia rebaudiana Bertoni) dan yuqori hosil yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish: qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Toshkent, 2023. 120 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-sonli “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-sonli “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-4901-sonli “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori.
5. Dospexov B.A. Metodika polevogo opyta. Moskva: Agropromizdat, 1985. B. 56–60.
6. Nichiporovich A.A. Osobennosti formirovaniya i rabota fotosinteticheskogo apparata rasteniy v posevax v svyazi s problemoy povysheniya urozhaynosti. Trudy Instituta fiziologii rasteniy. Vyp. 1. № 2. Moskva, 1954.
7. Belolipov I.V., Allayorov X., Rahimov I., Boyqobilov B. Steviya o‘simligini urug‘dan yetishtirishning asosiy agrotexnikasi. Toshkent: ToshDAU nashr tahririyat bo‘limi, 2002. B. 4–5.
8. Duseynov T.K., Kim Yu.M. O‘zbekistonda steviya o‘simligini yetishtirish. V sbornik: Problemy soxraneniya i ispolzovaniya geneticheskix resursov sel’skoxozyaystvennyx kultur dlya selektsionnoy raboty. Toshkent, 1995. B. 133–140.
9. Tursunov J.Yu., Rahimov M.M., Boyqobilov B.I., Begmatov A.M., Atabekov X., Allayorov H. Steviozid miqdorini aniqlashning yangi uslubi. O‘zMU xabarlari. Toshkent, 2000. № 3. B. 3–7.
10. Chaturvedula V., Prakash I. Additional minor diterpene glycosides from Stevia rebaudiana. Nat Prod Commun. 2011. P. 1059–1062.
11. Ashwell M. Stevia, nature’s zero-calorie sustainable sweetener: a new player in the fight against obesity. Nutr Today. 2015. P. 129–134.
12. Gupta E., Purwar S., Sundaram S., Rai G.K. Nutritional and therapeutic values of Stevia rebaudiana: a review. J. Med. Plants Res. 2013. Vol. 7. No. 46. P. 3343–3353.
13. Samuel P., Ayoob K.T., Magnuson B.A. et al. Stevia leaf to stevia sweetener: exploring its science, benefits, and future potential. J. Nutr. 2018. Vol. 148.
14. Turdialieva P.K., Emirusainov I.I. Stevia rebodiana Bertoni o‘simligi tarkibini o‘rganish. Science and Innovation International Journal. Toshkent, 2022. № 1. B. 33–35.
15. Kafle G.G., Midmore D.J., Gautam R. Effect of nutrient omission and pH on the biomass and concentration and content of steviol glycosides in stevia (Stevia rebaudiana) under hydroponic conditions.


