OG‘IZ BO‘SHLIG‘IDAGI OQ QATLAM — KANDIDOZNING ERTA DIAGNOSTIK BELGISI SIFATIDA
Keywords:
og‘iz bo‘shlig‘i, oq qatlam, shilliq qavat, kandidoz, zamburug‘li infeksiya, Candida albicans, etiologiya, patogenez, differensial diagnostika, og‘iz gigiyenasi, immunitetAbstract
Ushbu maqolada og‘iz bo‘shlig‘ida kuzatiladigan oq qatlamning klinik ahamiyati tahlil qilinib, uning fiziologik holat yoki patologik jarayon, xususan, kandidoz belgisi sifatidagi o‘rni yoritiladi. Mavzuning dolzarbligi og‘iz shilliq qavatida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarning ko‘pincha e’tiborsiz qoldirilishi va kech bosqichlarda aniqlanishi bilan bog‘liq. Tadqiqot jarayonida klinik kuzatuvlar, laborator tekshiruvlar hamda zamonaviy ilmiy manbalar asosida oq qatlamning etiologik omillari, patogenezi va differensial diagnostikasi o‘rganildi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, og‘izdagi oq qatlam har doim ham oddiy gigiyenik holat emas, balki ko‘pincha zamburug‘li infeksiya — kandidozning erta belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois, uni o‘z vaqtida to‘g‘ri baholash va aniqlash kasallikning rivojlanishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, samarali davolash va profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratilgan


