Logo

ELEKTRON SHARTNOMA INSTITUTI: TUSHUNCHASI, HUQUQIY MOHIYATI VA FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI

Authors

  • Raxmonkulova Nilufar Hoji-Akbarovna

    Ilmiy rahbar: “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professori, y.f.d., prof.
    Author
  • Daminov Ismoiljon Baxodirjon o‘g‘li

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro biznes huquqi fakulteti Magistratura bosqichi talabasi
    Author

Keywords:

elektron shartnoma, elektron hujjat, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma shakli, raqamli iqtisodiyot.

Abstract

Ushbu maqolada elektron shartnoma tushunchasi, uning huquqiy mohiyati hamda zamonaviy fuqarolik-huquqiy munosabatlar tizimidagi o‘rni kompleks tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida elektron shartnomaga berilgan normativ yondashuvlar o‘rganilib, mavjud huquqiy bo‘shliqlar va ta’riflarning cheklangan jihatlari tanqidiy baholanadi. Xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida elektron shartnomaning huquqiy tabiati, uning an’anaviy yozma shartnomalar bilan o‘xshash va farqli jihatlari yoritib beriladi. Shuningdek, elektron hujjat va elektron raqamli imzoning shartnomaning yuridik kuchini ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada elektron shartnomani mustaqil huquqiy institut sifatida rivojlantirish zarurati asoslanib, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan mualliflik ta’rifi ilgari suriladi.

References

Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. 01.03.1997-y. (28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son o‘zgartirishlar bilan). https://lex.uz/docs/-111189

2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”. 29.04.2004-yildagi 611-II-son (21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son o‘zgartirishlar bilan). https://lex.uz/docs/-165079

3. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”. 12.10.2022-yildagi O‘RQ-793-son. https://lex.uz/docs/-6234904

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori 1-ilovasi — “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”. (16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son o‘zgartirishlar bilan). https://lex.uz/docs/-2973939

Ilmiy va boshqa adabiyotlar

5. Yaroshenko A. A., О природе электронного договора, Vestnik, 2021, pp. 395–397. https://rep.vsu.by/bitstream/123456789/29403/1/395-397.pdf

6. Zokirov I. B., Fuqarolik huquqi. 1 qism, mas’ul muharrir H. Rahmonqulov, qayta ishlangan va to‘ldirilgan 5-nashr, Tashkent: TDYU nashriyoti, 2009, 611 b.

7. Kheira A., The Legal System of Electronic Contracts, 11 Russian Law Journal, 2023, p. 6. https://www.russianlawjournal.org/index.php/journal/article/view

8. Rustambekov I. R., Problems of Legal Regulation of Civil-Legal Relations in the Internet, monograph, Tashkent: TSUL, 2017, 310 p.

9. Stockton K., Understanding Electronic Contracts (E Contracts), Pocketlaw, 24 June 2024. https://pocketlaw.com/content%20hub/electronic-contracts

10. Wang F. F., Law of Electronic Commercial Transactions: Contemporary Issues in the EU, US and China, 2nd edn, Routledge, 2014.

11. Belousov A., Elektronnyy dokumentooborot. Yuridicheskie aspekty IT-biznesa, Crime-research.org.

12. Sherstobitov A. E., Pravovoe regulirovanie dogovornykh otnosheniy v sfere informatiki, in Pravo i informatika, Moscow, 1990, p. 143.

Downloads

Published

2026-05-29