JADID ADABIYOTINING MILLIY UYGʻONISHDAGI OʻRNI
Keywords:
Jadid adabiyoti, jadidchilik, milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, milliy ong, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, “Padarkush”, “O‘tkan kunlar”, jadid matbuoti, jadid teatri, milliy o‘zlik, vatanparvarlik, ozodlik g‘oyalari, Yangi O‘zbekiston strategiyasi.Abstract
Ushbu maqolamda jadid adabiyotining o‘zbek milliy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni tarixiy-adabiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik harakatining asosiy maqsadi xalqni jaholat va mustamlakachilik ta’siridan qutqarish, ilm-ma’rifat orqali milliy ongni uyg‘otishdan iborat bo‘lgani yoritiladi. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy kabi jadid adiblarining ijodida ma’rifatparvarlik, ozodlik, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik hamda erkin fikrlash g‘oyalari badiiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, jadid matbuoti va teatrining xalq tafakkurini shakllantirishdagi ahamiyati, xususan, “Padarkush” dramasi hamda “O‘tkan kunlar” romani misolida milliy uyg‘onish g‘oyalarining badiiy ifodasi ochib berilgan. Jadid adabiyotining xalqchil uslubi, ijtimoiy tanqid ruhidagi mazmuni va bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi bilan uyg‘un jihatlari ilmiy asosda yoritilgan.
References
1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: Ma’naviyat, 1992.
2. Behbudiy M. Padarkush. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002.
3. Fitrat A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Fan, 2000.
4. Fitrat A. Munozara. – Toshkent: Sharq, 1998.
5. Fitrat A. Sayyohi hindi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
6. Cho‘lpon A. Buloqlar. – Toshkent: Yozuvchi, 1991.
7. Qodiriy A. O‘tkan kunlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1983.
8. Haqqul I. Jadidchilik va ma’naviyat masalalari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010.
9. Sharafiddinov O. Cho‘lponni anglash. – Toshkent: Yozuvchi, 1994.
10. Yo‘ldoshev Q. Jadidchilik: kecha va bugun. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
11. Rajabov A. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.
12. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
13. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
14. Mahmudov N. Jadid adabiyoti va milliy tafakkur. – Toshkent: Fan, 2015.
15. Rasulov A. O‘zbek jadid adabiyoti tarixi. – Toshkent: Sharq, 2012.


