OMON MUXTOR ROMANLARINING GʻARB ADABIYOTI BADIIY MATNLARI BILAN INTERMATNLILIK ALOQALARI
Keywords:
intermatnliylik, Omon Muxtor, Gʻarb adabiyoti, Shekspir, Gyote, “Faust”, “Hamlet”, “Romeo va Julyetta”, oʻzbek romani, allyuziya, madaniyatlar dialogiAbstract
Mazkur maqolada oʻzbek yozuvchisi Omon Muxtorning “Yillar shamoli”, “Ming bir qiyofa” va “Ffu” romanlarining Gʻarb adabiyoti badiiy matnlari bilan intermatnli aloqalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda M.Baxtin dialogizmi va Yu.Kristevaning intermatnliylik nazariyasi hamda J.Jenettning transtextuallik tasnifi metodologik asos sifatida qoʻllanadi. Maqolada yozuvchi romanlarida U.Shekspir (“Hamlet”, “Romeo va Julyetta”) va I.V.Gyote (“Faust”) asarlariga bevosita va bilvosita havolalar, allyuziyalar va strukturaviy parallellar aniqlanib, ularning badiiy vazifalari ochib beriladi. Tahlil natijasida Omon Muxtor romanlaridagi intermatnli elementlar yot unsurlar emas, balki milliy hikoya tuzilmasiga singib ketgan, sharqona olam manzarasiga moslashtirilgan ijodiy talqin ekanligi koʻrsatiladi. Gʻarb adabiyoti bilan intermatnli muloqot yozuvchi nasriga falsafiy teranlik, universallik baxsh etib, personajlar ruhiyatini ochish, ekzistensial muammolarni qoʻyish va mahalliy voqealarni jahon adabiyoti kontekstiga olib chiqish vazifalarini bajaradi.
References
1. Дониярова Ш. Омон Мухтор ижодида янгича талқинлар. – Т.: "Turon zamin ziyo", 2017. – 112 б.
2. Мухтор О. Минг бир қиёфа. – Т.: “Шарқ”, 1994. – 158 б.
3. Мухтор О. Аёллар мамлакати ва салтанати. – Т.: “Шарқ”, 1997. – 238 б.
4. Мухторов О. Йиллар шамоли. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1976. – 200 б.
5. Nazarov O‘. Romanda badiiy xronotopning o ‘ziga xosligi. – Т.: "Turon zamin ziyo", 2014. – 140 b.
6. Normatov U. Ijod ahli. – Toshkent: Sharq, 2007. –352 b.
7. Pirnazarova M. Hozirgi ozbek romanlarida uslubiy izlanishlar. Fil.f.d. diss.avtoreferati. – Toshkent: 1994, – 52 b.
8. Романнинг янги умри (профессор У.Норматов билан суҳбат) // Дилмурод Қуронов. “Адабиёт надир” ёки Чўлпоннинг мангу саволи. – Т.: Зарқалам, 2006. – Б. 99–126


