ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA KUNGABOQARNING “MADINA” NAVINI YARATISH VA BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI
Keywords:
kungaboqar; seleksiya; “Madina” navi; ertapisharlik; moydorlik; hosildorlik; birlamchi urug‘chilikAbstract
Ushbu maqolada Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida kungaboqarning xorijiy va mahalliy nav-namunalarini morfobiologik hamda qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha qiyosiy o‘rganish asosida istiqbolli seleksion manbalarni ajratish, “Osiyo” navini erkin changlantirish orqali yangi “Madina” navini yaratish hamda uning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Olimp 1, 1-katalog, 2-katalog nav-namunalari, “Osiyo” navi va andoza sifatida “Yangi zamon” navidan foydalanilgan. Fenologik kuzatuvlar VIR uslubiy ko‘rsatmalari, nav sinovi davlat nav sinovi metodikasi, moy miqdori Soxhlet ekstraktori yordamida, hosildorlik ma’lumotlari esa B.A. Dospexov usuli asosida tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, “Madina” navi 90 kunda pishib yetilishi, 32,0 s/ga hosildorligi va 49,0 % moydorligi bilan ajralib turadi. U andoza “Yangi zamon” navidan 6-8 kunga ertapisharligi, hosildorligi 1,0 s/ga va moydorligi 3,0 % yuqoriligi bilan ustunlik qilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. Lex.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 438-son qarori. “Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Lex.uz.
3. USDA Foreign Agricultural Service. Production, Supply and Distribution: Sunflowerseed. 2026.
4. International Grains Council / market reports on global sunflowerseed production, 2023/2024-2025/2026 seasons.
5. FAO. World Food and Agriculture: Statistical Yearbook 2024. Rome: FAO, 2024.
6. Acquaah G. Principles of Plant Genetics and Breeding. 2nd ed. Wiley-Blackwell, 2015.
7. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта (с основами статистической обработки результатов исследований). Москва: Агропромиздат, 1985.
8. Методические указания по изучению мировой коллекции масличных культур. Подсолнечник. Ленинград: ВИР, 1989.
9. Методика государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур. Москва, 1985.
10. Гатаулина Г.Г. Методические подходы к фенологическим наблюдениям масличных культур. Москва, 1960.
11. Обетков Г.Т. Фенологические наблюдения и оценка развития подсолнечника. Москва, 1980.
12. Pustovoit V.S. Selected works on sunflower breeding and seed production. Moscow, 1966.
13. Škorić D. Sunflower breeding for resistance to abiotic and biotic stresses. Helia, 2012.
14. Fick G.N., Miller J.F. Sunflower breeding. In: Schneiter A.A. (ed.). Sunflower Technology and Production. ASA-CSSA-SSSA, Madison, 1997.


