Logo

UYG‘URLAR: KECHA VA BUGUN: O‘ZBEKISTONDAGI UYG‘URLARNING IJTIMOIY-MADANIY HAYOTI VA TARIXI

Authors

  • Jonibekova Gulxumor Dilmurod qizi

    Andijon Davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) yo'nalishi. 1-bosqich magistranti gulhumormahmudova194@gmail.com
    Author

Keywords:

Uyg‘urlar, Sharqiy Turkiston, Uyg‘ur diasporasi, O‘zbekiston, Migratsiya jarayonlari, Milliy madaniyat, Etnik tarix, Farg‘ona vodiysi, Millatlararo totuvlik, Madaniy meros.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan uyg‘ur millatiga mansub aholining tarixiy shakllanishi, migratsiya jarayonlari hamda bugungi kundagi ijtimoiy-madaniy hayoti tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, uyg‘urlar Markaziy Osiyoning qadimiy xalqlaridan biri bo‘lib, XVIII–XIX asrlarda Sharqiy Turkistonda yuz bergan siyosiy jarayonlar natijasida O‘zbekiston hududiga ko‘chib kelgan va bu yerda yirik diaspora sifatida shakllangan. Ularning asosiy qismi Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida istiqomat qilib, o‘z milliy tili, urf-odatlari, an’analari va madaniy merosini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, uyg‘urlar mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etib, ko‘p millatli jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosati uyg‘ur diasporasining milliy o‘zligini asrab-avaylash hamda madaniy rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot uyg‘urlar tarixi va bugungi ijtimoiy-madaniy hayotini o‘rganish orqali Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni yanada chuqurroq yoritishga xizmat qiladi.

References

1. Litvinskiy B.A. Istoricheskie sud’by Vostochnogo Turkestana i Sredney Azii (Problemy etnokul’turnoy obshchnosti) // Vostochnyy Turkestan i Sredney Azii. M. 1984.; Yudaxin K.K. Uyguro-uzbekskie yazykovye svyazi // IAN KirSSR, №85. Seriya: Uyguro-dunganskoy kul’tury. Vyp. 1. Alma-Ata. 1950.; Zakharova I.V. Material’naya kul’tura uygurov... S. 219.

2. To’g’ri XVIII asrgacha (XV–XVI asrlarda) ham bir guruh uyg‘urlarning Farg‘ona vodiysi hududiga ko‘chib o‘tganini ko‘rsatuvchi yozma manbalar mavjud (qarang: masalan, Bartol’d V.V. K istorii orosheniya Turkestana // Soch. T. 3. M. 1965. S. 213.; Saydaxosov G. Yazyk uygurov Ferganskoy doliny. Alma-Ata. 1970. S. 3).

3. Валиханов Ч.Ч. Материалы и исследования о Кашгарии // Соч. Т. II. Алма-Ата, 1962. С. 172.

4. Zakharova I.V. Material’naya kul’tura uygurov... S. 223.

5. У. Абдуллаев, “Ўзбекистон ҳудудида этник ва этнослараро жараёнлар: тарихи ва эволюцияси”,монография – Т.: “Ворис - нашриёт” нашриёти, 2025 й, 172 бет.

Downloads

Published

2026-06-22