MILLIY GVARDIYA HUZURIDAGI QORABAYIR OTLARI MAHORAT MAKTABI FAOLIYATINING QORABAYIR ZOTLI OTLARNI RIVOJLANTIRISH VA MILLIY OT SPORTINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI
Keywords:
Qorabayir oti, Milliy gvardiya, mahorat maktabi, yilqichilik, seleksiya, naslchilik, veterinariya, ot sporti, Tent Pegging, konkur, polo, chavandoz, genofond, sport infratuzilmasi.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik tarmog‘ini rivojlantirish, Qorabayir zotli otlarning genetik salohiyatini saqlash va takomillashtirish hamda milliy ot sporti tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqishda Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabining o‘rni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etilgan. Maktabning tashkil etilishining huquqiy asoslari, faoliyat yo‘nalishlari, seleksiya va naslchilik ishlari, veterinariya xizmatini takomillashtirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, yosh chavandozlarni tayyorlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar festivallari, vatanparvarlik ruhidagi loyihalar hamda viloyat rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan infratuzilmaviy islohotlarning milliy ot sportini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan..


