INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNING METAFORIK VA OBRAZLILIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
frazeologizm, metafora, obrazlilik, qiyosiy tahlil, lingvokulturologiya, konseptual metafora, semantika, frazeologik birlik, ingliz tili, o‘zbek tili.Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning metaforik va obrazlilik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etilgan. Maqolaning maqsadi ikki tildagi frazeologizmlarning metaforik asoslarini, obrazlilik xususiyatlarini hamda ularning lingvokulturologik jihatlarini aniqlashdan iborat. Maqola jarayonida qiyosiy-tahliliy, deskriptiv, semantik, lingvokulturologik va konseptual metafora tahlili metodlaridan foydalanildi. Frazeologik birliklar tabiat obrazlari, inson tana a’zolari, kundalik turmush, hissiy holat hamda ijtimoiy munosabat va xulq-atvorni ifodalovchi obrazlar asosida tasniflanib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilindi. Maqola natijalari ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning metaforik tabiati umumiy konseptual asosga ega ekanligini, biroq ularning obrazlilik xususiyatlari har bir xalqning milliy-madaniy tajribasi, dunyoqarashi va qadriyatlari ta’sirida shakllanishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar frazeologiya, lingvokulturologiya va tarjimashunoslik yo‘nalishlaridagi qiyosiy maqolalarni rivojlantirish hamda frazeologik birliklarni o‘qitish va tarjima qilish amaliyotida muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi
References
1. Cambridge International Dictionary of Idioms. - Cambridge: Cambridge University Press, 1998. - 587 p.
2. Kuganova A.A., Asiljonova Sh.D. Frazeologik birliklar va tarjima // Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2022. - Vol. 2, Issue 3. - P. 72-77.
3. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. - Chicago: The University of Chicago Press, 1980. - 242 p.
4. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. - Тошкент: Ўқитувчи, 1978. - 405 б.
5. Виноградов В.В. Основные типы фразеологических единиц русского языка. - Москва: Наука, 1977. - 312 с.
6. Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. - Москва: Высшая школа, 1996. - 381 с.


