Logo

SUV OBYEKTLARI NOMLARINING TOPONIMIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • M.O.Xayrullayeva

    (BuxDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi)
    Author

Keywords:

toponimika, gidronim, gidronimiya, suv obyektlari, daryo, kanal, ko‘l, buloq, geografik nom, etimologiya, tarixiy geografiya, lingvomadaniyat.

Abstract

Mazkur tezisda suv obyektlari nomlarini ifodalovchi toponimlarning shakllanishi, kelib chiqishi, semantik xususiyatlari hamda ularning tarixiy, geografik va lingvistik omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Suv obyektlari nomlari – gidronimlar xalqning uzoq tarixiy taraqqiyoti, yashash muhiti, xo‘jalik faoliyati, tabiiy-geografik sharoiti va etnomadaniy qarashlari haqida muhim ma’lumot beruvchi til birliklaridan biridir. Tadqiqotda gidronimlarning leksik-semantik guruhlari, ularning tarkibidagi geografik terminlar, antropotoponim va etnotoponimik unsurlar, shuningdek, turkiy, fors-tojik va arab tillariga mansub qatlamlarning o‘rni yoritiladi. Gidronimlarni o‘rganish orqali muayyan hududning tarixiy geografiyasi va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.

References

1. Begmatov E. Oʻzbek toponimikasi. – Toshkent: Fan, 2006.

2. Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2005.

3. Qilichev B.E. Onomasti cs // O‘quv qo‘llanma. – Buxoro, Durdona, 2023. – 180 b.

4. Qilichev B.E., Safarova M.Z. Millat nomlari asosida shakllangan toponimlar. Fanlar va yuqori texnologiyalar xalqaro jurnallari. jild. 1-fevral, 2021 yil, 104-107-betlar.

5. Xayrullayeva M.O.,Xalq, millat, qavm va urugʻ nomiga asoslangan toponimlar. (Buxoro viloyati Vobkent tumani misolida).Yosh tadqiqotchi jurnali, 1(4), 835–839.29.05.2022.

6. Xayrullayeva M.O., Toponimlarning shakllanishi va yasalishi bilan bog‘liq ayrim mulohazalar. Til va adabiyot.uz elektron jurnal. 20-son – T, 2025, 229-bet

7. Xayrullayeva M.O., Vobkent toponimi va tarixi. “Xalq maqollari nazariy tadqiqining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to‘plam. – Buxoro. 2025. 260-bet

8. Xayrullayeva M.O., Vobkent tumanidagi ayrim etnotoponimlar. Ilm vaqti. 4-tom, 3/2-son. Nukus.2026. 178–180-betlar

1.

Downloads

Published

2026-09-06