O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIM KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Keywords:
mustaqil ta’lim, mustaqil ta’lim kompetensiyasi, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, pedagogik imkoniyat, tanqidiy fikrlash, refleksiya, o‘quv faoliyati, raqamli kompetensiya.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli ta’lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt vositalarining jadal kirib kelishi o‘quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishda yangi pedagogik imkoniyatlarni yuzaga keltirayotgani asoslab beriladi. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan nazoratsiz va maqsadsiz foydalanish o‘quvchilarning tayyor javoblarga qaram bo‘lib qolishi, mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarining yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkinligi yoritiladi. Maqolada sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil ta’lim kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlanadi hamda mazkur jarayonni tashkil etishga doir mualliflik yondashuvi taklif etiladi. Mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishda “muammoni anglash – axborotni izlash – sun’iy intellekt yordamida o‘rganish – tanqidiy tahlil – mustaqil xulosa – refleksiya” bosqichlaridan iborat pedagogik ketma-ketlikning ahamiyati asoslab beriladi.
References
Miao F., Holmes W. Guidance for Generative AI in Education and Research. Paris: UNESCO, 2023.
UNESCO. AI Competency Framework for Teachers. Paris: UNESCO, 2024.
UNESCO. AI Competency Framework for Students. Paris: UNESCO, 2024.
OECD. Digital Education Outlook. Paris: OECD Publishing.
Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent.
Dewey J. Experience and Education. New York: Macmillan.
Zimmerman B.J. Becoming a Self-Regulated Learner: An Overview. Theory Into Practice.


