TIBBIYOT TALABALARINING BILIM OLISHIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH: IMKONIYATLARVAXAVFLA
Keywords:
: sun’iy intellekt, tibbiyot ta’limi, tibbiyot talabalari, raqamli ta’lim, klinikfikrlash, virtualreallik, akademikhalollikAbstract
Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi
tibbiyot ta’limiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tibbiyot talabalari bilim olish,
klinik vaziyatlarni tahlil qilish, murakkab mavzularni tushunish va mustaqil
tayyorgarlik jarayonida turli sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ushbu maqolaning maqsadi tibbiyot talabalarining
ta’limida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, afzalliklari va ehtimoliy
xavflarini ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilishdan iborat. Maqola adabiyotlar
sharhi shaklida tayyorlangan bo‘lib, 2024–2025-yillarda nashr etilgan uchta
asosiy ilmiy manba tahlil qilindi. Tahlil natijalari sun’iy intellekt individual ta’limni
qo‘llab-quvvatlash, klinik fikrlashni rivojlantirish, interaktiv va simulyatsion ta’lim
imkoniyatlarini kengaytirish hamda o‘quv jarayonini samaraliroq tashkil etishga
yordam berishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan
ortiqcha foydalanish, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tanqidiy tekshirmaslik, algoritmik
tarafkashlik, bemor ma’lumotlari xavfsizligi va akademik halollik bilan bog‘liq
muammolar mavjud. Shu sababli tibbiyot talabalariga sun’iy intellektdan
foydalanish bilan bir qatorda uning natijalarini tanqidiy baholash ko‘nikmalarini
hamo‘rgatishmuhimdirна безгражданство в XXI веке.
References
. Londono CA, Huang C, Chan G. Harnessing Artificial Intelligence's potential in undergraduate medical education: an analysis of application and implication. Canadian Medical Education Journal. 2024;15(3):119–120. doi:10.36834/cmej.78483.
2. Saroha S. Artificial Intelligence in Medical Education: Promise, Pitfalls, and Practical Pathways. Advances in Medical Education and Practice. 2025;16:1039–1046. doi:10.2147/AMEP.S523255.
3. Chance EA. The combined impact of AI and VR on interdisciplinary learning and patient safety in healthcare education: a narrative review. BMC MedicalEducation. 2025;25(1):1039. doi:10.1186/s12909-025-07589-7


