O‘ZBEKISTONNING GEOIQTISODIY TRANZIT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA TEMIR YO‘L KORIDORLARINING ROLI VA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI
Keywords:
temir yo‘l transporti, tranzit salohiyati, geoiqtisodiy joylashuv, xalqaro transport koridori, tranzit yuklar, transport-logistika tizimi, temir yo‘l infratuzilmasi, multimodal tashuvlar, logistika markazi, konteyner tashuvlari, transport iqtisodiyotiAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston temir yo‘l transportining mamlakatning xalqaro tranzit salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdagi iqtisodiy ahamiyati tadqiq etilgan. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi geografik joylashuvi, dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatining mavjud emasligi hamda bir nechta xalqaro transport yo‘nalishlari kesishmasida joylashgani temir yo‘l koridorlarini mamlakatning tashqi savdo va tranzit siyosatining muhim elementi sifatida shakllantirmoqda. Tadqiqotda 2025-yil yakunlari bo‘yicha temir yo‘l transportida 107,9 mln tonna yuk tashilgani, tranzit yuklari hajmi 15,3 mln tonnaga yetgani hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasida tranzit yuklari hajmini 18,5 mln tonnagacha oshirish maqsadi belgilanganligi tahlil qilindi. Muallif tomonidan temir yo‘l tranzit salohiyatini baholashda infratuzilmaviy, logistika, iqtisodiy va institutsional ko‘rsatkichlarni kompleks hisobga olishga asoslangan yondashuv taklif etilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5647-son Farmoni. “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “O‘zbekiston–2030” strategiyasi. Transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. “Temir yo‘l transportida 107 mln tonnadan ortiq yuk tashilgan”. 11.02.2026.
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Socio-Economic Situation of the Republic of Uzbekistan. January–December 2025. Transport and Communications.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi”. 2026.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali. “Transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi”. 2026.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “O‘zbekiston Prezidenti ‘Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston’ temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyiha ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi”. 06.06.2024.
8. Ministry of Foreign Affairs of Afghanistan. Agreement on Feasibility Study for Trans-Afghan Signed. 17.07.2025.
9. UNECE. SPECA region at the Crossroads of Europe and Asia: Advancing Interregional Connectivity in the Development of Sustainable Multimodal Routes. 2025.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Temir yo‘l sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish rejalari yuzasidan ma’lumot berildi”. 13.11.2025.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2019.
12. Asian Development Bank. Central Asia Regional Economic Cooperation (CAREC) Transport Strategy 2030.
13. United Nations Economic Commission for Europe. Euro-Asian Transport Linkages and International Transport Corridors.
14. Organisation for Co-operation between Railways (OSJD). International Railway Transport Corridors.
15. World Bank. Central Asia Transport and Logistics Connectivity: Regional Transport and Trade Development Materials.


