Logo

O‘ZBEK TILIDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH (NLP) TEXNOLOGIYALARI

Authors

  • Turabova Ibodat Ikromjon qizi

    SamDCHTI Sharq tillari fakulteti
    Author
  • Rustamov R.T

    Samarqand davlat chet tillar institute
    Author

Keywords:

kompyuter lingvistikasi, tabiiy tilni qayta ishlash, NLP, o‘zbek tili, sun’iy intellekt, morfologik tahlil, sintaktik tahlil, semantik tahlil, BERT, lingvistik korpus

Abstract

Mazkur maqolada tabiiy tilni qayta ishlash Natural Language Processing - NLP texnologiyalarining o‘zbek tiliga tatbiq etilishi, uning asosiy yo‘nalishlari va mavjud imkoniyatlari tahlil qilinadi. O‘zbek tilining agglutinativ tuzilishi, morfologik jihatdan murakkabligi, so‘z shakllarining ko‘pligi, nisbatan erkin so‘z tartibi hamda lingvistik resurslarning cheklanganligi NLP tizimlarini yaratishda o‘ziga xos muammolarni yuzaga keltiradi. Maqolada tokenizatsiya, morfologik tahlil, sintaktik va semantik tahlil hamda transformer modellarining o‘zbek tilidagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek tili uchun yaratilayotgan datasetlar, morfologik analizatorlar va BERT asosidagi modellar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida sifatli lingvistik korpuslar va tilga moslashtirilgan neyron modellar o‘zbek tilida NLP texnologiyalarini rivojlantirishning muhim omillari ekani asoslanadi.

References

1. Xolmanova Z.T-”Kompyuter lingvistikasi” Toshkent-2024.-234b.

2. Elov B., Abdullayev O., Primova M.- “O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlashdagi morfologik, sintaktik va semantik tahlil metodlari”2025.-1-jild,1-son

3. Rustamov.R .T maqolalari

Sayfiddinov Z.A NLP-X respublika ilmiy-amaliy to‘plami-2025

Downloads

Published

2026-10-08