Logo

G‘O‘ZA PARVARISHIDA ZAMONAVIY SUG‘ORISH USULLARI VA MINERAL OZIQALANTIRISH ME’YORLARINING PAXTA HOSILDORLIGI VA TOLA SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Authors

  • Maxstaliyev Navro‘zbek Solijon o‘g‘li

    Farg‘ona viloyati Suvchilar maktabi MChJ o‘quv ishlari bo‘yicha menejeri
    Author

Keywords:

g‘o‘za, paxta hosildorligi, tomchilatib sug‘orish, egatlab sug‘orish, mineral oziqlantirish, azot, fosfor, kaliy, tuproq unumdorligi, suv tejovchi texnologiyalar, paxta tolasi, tola uzunligi, tola mustahkamligi, agrotexnologiya, resurs tejamkorlik.biya.

Abstract

Mazkur maqolada g‘o‘za parvarishida zamonaviy sug‘orish usullari va mineral oziqlantirish me’yorlarining paxta hosildorligi hamda tola sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri yoritilgan. G‘o‘zaning suv va oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoji, tomchilatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari, mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish va azot, fosfor hamda kaliyning o‘simlik rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, sug‘orish rejimi va mineral oziqlantirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, suv resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash hamda paxta tolasining texnologik xususiyatlarini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada g‘o‘za yetishtirishda resurs tejovchi agrotexnologiyalarni qo‘llash, mineral o‘g‘itlarni tuproq-agrokimyoviy tahlillar asosida belgilash va hosildorlikni barqaror oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

References

1. Oripov R., Ostonov S. Paxtachilik. — Samarqand: Samarqand universiteti nashriyoti, 2005. — 57–60-betlar.

2. Paxtachilik ma’lumotnomasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.

3. Muhammadjonov M., Zokirov A. G‘o‘za agrotexnikasi. — Toshkent: Mehnat, 1995.

4. Tursunov Ya. B., Xasanova Sh. G‘o‘za o‘simligining noqulay sharoitlarda mineral o‘g‘itlar orqali rivojlanishi, shu orqali hosildorlik sifati hamda miqdorini ijobiy o‘zgarishi. — Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2024, 1-jild, 9-son, 168–173-betlar.

5. Jumaev Sh. M. O‘tloqi-bo‘z tuproqlarda kaliyli o‘g‘it me’yorlarining paxta hosili va tola sifatiga ta’siri. — O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnalining “Agro ilm” ilmiy ilovasi, 2013, 4-son (28), 17–18-betlar.

Downloads

Published

2026-10-10