Logo

ZAMONAVIY TA’LIMDA OʻQUVCHILARNING IJTIMOIY-EMOTSIONAL KOʻNIKMALARINI (SEL) RIVOJLANTIRISH ORQALI BULLING (TAHQIRLASH) HOLATLARINI OLDINI OLISHNING PEDAGOGIK TIZIMI

Authors

  • Hakimova Mushtariybonu Hamid qizi

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta oʻqituvchisi.
    Author
  • Toʻlaganova Mushtariy Dilmurod qizi

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalari universiteti “Boshlangʻich ta’lim” yoʻnalishi 2-kurs talabasi
    Author

Keywords:

bulling, ijtimoiy-emotsional koʻnikmalar (SEL), emotsional intellekt, pedagogik tizim, empatiya, deviant xulq-atvor, kiberbulling, refleksiya, kognitiv yuklama, destruktiv faoliyat, pedagogik profilaktika..

Abstract

Ushbu tadqiqotda zamonaviy umumta’lim maktablarida oʻsmirlar oʻrtasida kuzatilayotgan bulling (tizimli tahqirlash, kamsitish va destruktiv xulq-atvor) fenomenining nazariy-metodologik asoslari oʻrganilgan. Axborotlashgan jamiyat sharoitida oʻsib kelayotgan yangi avlod vakillarida emotsional deficit, empatiya darajasining pasayishi va buning oqibatida yuzaga kelayotgan maktab agressiyasi masalalari tahlil etilgan. Muammoni tizimli bartaraf etish vositasi sifatida ijtimoiy-emotsional ta’lim (Social-Emotional Learning – SEL) konsepsiyasi tadqiq etilib, uni milliy ta’lim muhitiga integratsiya qilishning pedagogik tizimi va determinantlari asoslab berilgan. Maqolada oʻquvchi shaxsining oʻzini anglashi, emotsional intellektini boshqarishi va ijtimoiy mas’uliyatli qaror qabul qilish mexanizmlari orqali maktabda sogʻlom, xavfsiz hamda xavf-xatarlardan xoli muhitni yaratishga qaratilgan amaliy tavsiyalar, kompleks dasturlar bayon etilgan..

References

. Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻgʻrisida"gi Qonuni. OʻRQ-637-son. 2020-yil 23-sentyabr.

2. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. Darslik. – Toshkent: "Fan va texnologiya", 2008. – 288 b.

3. Mavlonova R., Toʻrayeva O., Xolikberdiyev K. Pedagogika. Darslik. – Toshkent: "Oʻqituvchi", 2010. – 320 b.

4. Goulman D. Emotsional intellekt (ruscha nashri: Гоулман Д. Эмоциональный интеллект. Почему он может значить больше, чем IQ. – Москва: Манн, Иванов и Фербер, 2021. – 544 с.).

5. Olweus D. Bullying at School: What We Know and What We Can Do. – Oxford: Wiley-Blackwell, 1993. – 140 p.

6. Brackett M. A. Permission to Feel: Unlocking the Power of Emotions to Help Our Kids, Ourselves, and Our Society Thrive. – New York: Celadon Books, 2019. – 304 p.

7. Collaborative for Academic, Social, and Emotional Learning (CASEL). Wheel: Core Competencies. – Chicago: CASEL, 2020.

8. YUNESKO Hisoboti. Behind the numbers: Ending school violence and bullying. – Parij: UNESCO, 2019. – 112 p.

Downloads

Published

2026-10-16