Logo

BOLALARDA BRONXIAL ASTMA: ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA, INDIVIDUAL DAVOLASH VA INHALATSION TERAPIYA SAMARADORLIGI

Authors

  • G‘aybullayeva Asila Shokirjon qizi

    Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti Namangan filiali(KIUT) Pediatriya fakultetining 2-bosqich talabas
    Author
  • Kamalova Gulnora Gulyamovna

    Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali(KIUT) v.b dotsent, PhD
    Author

Keywords:

Bronxial astma, bolalar pulmonologiyasi, erta diagnostika, spirometriya, bronxodilatator testi, inhalatsion kortikosteroidlar, individual davolash, astma nazorati, bronxlar giperreaktivligi, allergik sensibilizatsiya, FeNO, inhaler texnikasi, dori vositalariga rioya qilish, zo‘rayish profilaktikasi, dalillarga asoslangan tibbiyot.

Abstract

Bronxial astma bolalar yoshida uchraydigan, nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi, bronxlar giperreaktivligi va o‘zgaruvchan havo oqimi cheklanishi bilan tavsiflanadigan kasallik bo‘lib, uning klinik kechishi, xurujlar chastotasi va davolashga javobi bemorning yoshi, individual fenotipi, allergik sensibilizatsiyasi hamda tashqi muhit omillariga bog‘liq. Kasallikni erta aniqlash, nazorat darajasini to‘g‘ri baholash va davolash strategiyasini individual tanlash bolalarda nafas olish faoliyatini saqlash, jismoniy faollikni cheklovchi simptomlarni kamaytirish hamda shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish ehtiyojini pasaytirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada bolalarda bronxial astmaning zamonaviy diagnostik mezonlari, klinik va funksional tekshiruvlarning o‘rni, individual farmakoterapiya tamoyillari hamda inhalatsion davolash samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.                                           

Ishning maqsadi bolalarda bronxial astmani tashxislash va davolashga oid zamonaviy ilmiy qarashlarni umumlashtirish, inhalatsion terapiyaning klinik ahamiyatini yoritish hamda kasallik nazoratini yaxshilashga qaratilgan amaliy yondashuvlarni asoslashdan iborat. Tadqiqot usuli sifatida xalqaro klinik tavsiyalar, ilmiy sharhlar va bolalar pulmonologiyasiga oid mahalliy ilmiy nashrlarning tahlili hamda qiyosiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Diagnostikada simptomlarning o‘zgaruvchanligi, spirometriya va bronxodilatatorga javob, zarur hollarda yallig‘lanish biomarkerlari va allergologik tekshiruvlar o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor qaratildi.  Tahlil natijalari ingalatsion kortikosteroidlar bolalarda astmani uzoq muddatli nazorat qilishning asosiy vositalaridan biri ekanini, davolash samaradorligi esa preparatni to‘g‘ri tanlash bilan bir qatorda inhaler texnikasi, dori vositasiga rioya qilish, individual xavf omillarini bartaraf etish va muntazam klinik kuzatuvga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shuningdek, davolashni kuchaytirishdan oldin tashxisning to‘g‘riligini, inhalatsiya texnikasini, dori qabul qilish intizomini va hamroh kasalliklarni qayta baholash zarurligi asoslanadi. Xulosa sifatida, bolalarda bronxial astmani samarali boshqarish faqat farmakoterapiya bilan cheklanmay, bemor va uning oilasini o‘qitish, yozma harakat rejasini ishlab chiqish va individual monitoringni birlashtirgan kompleks yondashuvni talab qiladi.              .

References

. Global Initiative for Asthma (GINA). Global Strategy for Asthma Management and Prevention. 2026. Fontana, WI: Global Initiative for Asthma; 2026. Elektron klinik qo‘llanma, bosma sahifalanishi bo‘yicha tegishli bo‘limlar: diagnostika, bolalarda astma va inhalatsion davolash. 2. National Asthma Education and Prevention Program Coordinating Committee Expert Panel Working Group. 2020 Focused Updates to the Asthma Management Guidelines: A Report from the National Asthma Education and Prevention Program Coordinating Committee Expert Panel Working Group. Bethesda, MD: National Heart, Lung, and Blood Institute; 2020. NIH Publication No. 20-HL-8140. 246 p. 3. Louis R., Satia I., Ojanguren I., et al. European Respiratory Society guidelines for the diagnosis of asthma in adults. European Respiratory Journal. 2022;60(3):2101585. European Respiratory Society. Elektron maqola, 1–23-betlar. 4. Cloutier M.M., Baptist A.P., Blake K.V., et al. 2020 Focused Updates to the Asthma Management Guidelines: A Report from the National Asthma Education and Prevention Program Coordinating Committee Expert Panel Working Group. Journal of Allergy and Clinical Immunology. 2020;146(6):1217–1270. Elsevier. 5. Shamsiev F.M., Maxpieva G.K. Bolalarda bronxial astma va semizlikdagi asosiy klinik belgilarni faktor tahlil natijalari. Xalqaro ilmiy pediatriya jurnali. 2023;2(8):307–310. 6. Urumboyeva Z.O. Bolalarda bronxial astmaning klinik, immunologik va mikrobiologik aspektlari. Olib borish taktikasini optimallashtirish. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. 2024;2(9):81–89. 7. Tashmatova G.A. Bolalarda tashqi nafas olish funksiyasini o‘rganishning yangi imkoniyatlari. O‘zbekiston tibbiyot ilmi. 2025;4(2):70–73. 8. Tolipova N.K., Latipova Sh.A. Bronxial astmali bolalarni yurak-qon tomir tizimi holatini klinik-instrumental tavsifi. O‘zbekiston tibbiyot ilmi. 2025;4(2):86–89.

Downloads

Published

2026-10-25