Logo

MAHALLIY XOMASHYO RESURSLARI ASOSIDA TEMIR YO‘L KRESTOVINALARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Azimov Sadriddin Juraqulovich

    Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
    Author
  • Bobonorov Alimardon Nurali o‘g‘li

    Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
    Author
  • Xoʼjahmedova Xolida Saidbaqiyevna

    Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
    Author

Keywords:

temir yo‘l krestovinasi, quyma detal, mahalliy xomashyo, quyish texnologiyasi, yeyilishga bardoshlilik, texnologik samaradorlik, iqtisodiy samaradorlik, ekspluatatsion ishonchlilik..

Abstract

Maqolada temir yo‘l strelkali o‘tkazgichlarining eng muhim va yuqori ekspluatatsion yuklanish ostida ishlaydigan elementlaridan biri bo‘lgan krestovinalarni mahalliy xomashyo resurslaridan foydalangan holda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Temir yo‘l krestovinalarining ishlash sharoitida zarbiy, statik va dinamik yuklanishlarning birgalikda ta’sir qilishi natijasida materialda yuqori kontakt kuchlanishlari, plastik deformatsiya va intensiv yeyilish jarayonlari yuzaga keladi. Shu sababli krestovina materialining mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari bilan bir qatorda uni ishlab chiqarish texnologiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotlarda mahalliy xomashyoning bir nechta turidan quyish jarayonida foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Mahalliy xomashyo komponentlarini texnologik jarayonga kiritish orqali quyma metall sifatini barqarorlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va import xomashyolariga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish imkoniyati aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida temir yo‘l krestovinalarini ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologik yondashuvi ishlab chiqildi. Texnologik va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining tahlili taklif etilgan texnologiyaning amaliyotda qo‘llash uchun maqbulligini ko‘rsatdi.

References

1. ГОСТ 7370-2011. Крестовины железнодорожных стрелочных переводов. Общие технические условия.

2. ГОСТ 977-88. Отливки из углеродистой и легированной стали. Общие технические условия.

3. Белов В.Д. Теория и технология литейного производства. – Москва: Машиностроение, 2018.

4. Гуляев А.П. Металловедение. – Москва: Металлургия, 2017.

5. Леви Л.И. Износостойкие материалы и покрытия в машиностроении. – Москва: Машиностроение, 2019.

6. Кузнецов В.А. Железнодорожные стрелочные переводы: конструкция, эксплуатация и ремонт. – Москва: Транспорт, 2020.

7. Иванов В.Н. Технология производства стальных отливок. – Москва: Машиностроение, 2019.

Downloads

Published

2026-11-12