TIJORAT BANKLARIDA XODIMLAR BILAN HISOB-KITOBLARNI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
Keywords:
tijorat banklari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, mehnat haqi, buxgalteriya hisobi, ish haqi hisoblash, ichki nazorat, iqtisodiy mexanizmlar, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, mehnat munosabatlari..Abstract
Ushbu maqolada tijorat banklarida xodimlar bilan hisob-kitoblarni tashkil etishning iqtisodiy mazmuni, buxgalteriya hisobida aks ettirilish xususiyatlari hamda mazkur jarayonlarni takomillashtirishning iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etiladi. Bank faoliyatida inson resurslaridan samarali foydalanish, xodimlar mehnatiga munosib haq to‘lash va mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘ri tashkil etilishi bankning moliyaviy barqarorligi hamda boshqaruv samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tijorat banklarida xodimlar bilan hisob-kitoblarni tashkil etishning amaldagi mexanizmlarini o‘rganish, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat jarayonlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, iqtisodiy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish va mantiqiy tahlil usullaridan foydalaniladi. Shuningdek, xodimlar bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, mehnat haqi hisobining aniqligini oshirish, hisob-kitoblar ustidan ichki nazoratni kuchaytirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklarida xodimlar bilan hisob-kitoblarni samarali tashkil etish, buxgalteriya hisobining ishonchliligini
oshirish hamda mehnat haqi bilan bog‘liq moliyaviy jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan. — Toshkent, 2022.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
2016-yil 13-apreldagi O‘RQ-404-son. — Toshkent, 2016.
3. Askarova D. X. Directions for Improving the Accounting and Auditing of Employee Labor
4. Boboyev A. Buxgalteriyada xodimlar bilan hisob-kitoblar // Наука и инновация. — 2024.
5. International Accounting Standards Board. IAS 19: Employee Benefits. — London: IFRS Foundation.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Yillik hisobotlar va bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari. — Elektron manba.
9. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va yillik hisobotlar.


