MA’MURIY ORGANLARNING DISKRETSION VAKOLATLARI ASOSIDA QABUL QILINGAN HUJJATLARNI SUDDA NIZOLASHISHDA ISBOTLASH MAJBURIYATINI TAQSIMLASHNING HUQUQIY MUAMMOLARI
Keywords:
diskretsion vakolat, ma’muriy organ, ma’muriy hujjat, isbotlash majburiyati, isbotlash yuki, sud nazorati, ma’muriy nizolar, protsessual tenglik, qonuniylikAbstract
Mazkur maqolada ma’muriy organlarning diskretsion vakolatlari asosida qabul qilingan hujjatlarni sudda nizolashishda isbotlash majburiyatini taqsimlashning huquqiy muammolari tahlil qilindi. Ishning maqsadi diskretsion vakolatlarning qonuniyligi, isbotlash majburiyatining taraflar o‘rtasida taqsimlanishi va sud nazoratining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tahlil davomida ma’muriy organlarning hujjatlarni asoslantirish va ularning qonuniyligini isbotlash majburiyati bilan bog‘liq muammolar aniqlandi. Maqolada isbotlash majburiyatini takomillashtirish va samarali sud nazoratini ta’minlashga qaratilgan takliflar ilgari surildi. Tadqiqot natijalari ma’muriy huquq sohasi mutaxassislari va sud amaliyoti vakillari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Xojiyev E.T. Ma’muriy huquq. Darslik. – Toshkent, 2006. - 104 b.
2. Muratayev S.A., Musayev B.T., Artikov D. Ma’muriy huquq va protsess. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. – 392 b.
3. Raxmatullayeva P., Yangiboyev N.Q. Ma’muriy sud ishlarida dalillar va isbotlash. – 2026. – B. 282–283.
4. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. 66–68-73-moddalar.
5 O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi O‘RQ-457-son «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi Qonuni. 17–18-moddalar.
6 Nematov J.N. va boshqalar. Ma’muriy sud ishlarini yuritish: milliy va xorijiy tajriba. Monografiya. – Toshkent: Makon Savdo Print, 2024. - 180 b.


