Logo

O‘ZBEKISTON HARAKATLAR STRATEGIYASI DOIRASIDA XITOZAN VA SIKLODEKSTRIN ASOSIDA INTERPOLIELEKTROLIT KOMPLEKSLAR SINTEZI VA ULARNING XOSSALARI

Authors

  • Rasulova Rislig'oy Abdulla qizi

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi, tarix fanlari falsafa doktori, PhD
    Author
  • Kaipova Ravshanay Maratovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) ta' lim yo'nalishi magistranti
    Author

Keywords:

harakatlar strategiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ilmiy-texnologik rivojlanish, sintez jarayoni, biologik parchalanuvchanlik, ekologik xavfsizlik.

Abstract

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilda tasdiqlangan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnologik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Strategiyaning beshinchi ustuvor yo‘nalishi ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu maqsad doirasida zamonaviy biologik va kimyoviy texnologiyalarni rivojlantirish asosiy o‘rin egallaydi. Shu jumladan, biomateriallar sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar mamlakatda ekologik toza, iqtisodiy samarali va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan [1].

Ushbu maqolada xitozan va siklodekstrin asosida interpolielektrolit komplekslarni sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy, biopolimer xossalarini o‘rganish natijalari keltiriladi. Bu yondashuv farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va biotexnologiyada yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi.

2. Burdge, J., & Overby, J. (2020). Chemistry – Atoms first (4th ed.). New York, NY: McGrawHill. doi:9781260571349

3. Goy, R. C., Morais, S. T., & Assis, O. B. (2009). Evaluation of the antimicrobial activity of chitosan and its quaternized derivative on E. coli and S. aureus growth. Reactive and Functional Polymers, 69(1), 43-47.

4. Loftsson, T., & Brewster, M. E. (2010). Pharmaceutical applications of cyclodextrins: basic science and product development. Journal of Pharmacy and Pharmacology, 62(11), 1607-1621.

5. Peppas, N. A., & Huang, Y. (2002). Polymers and gels as molecular recognition agents. Biotechnology and Bioengineering, 79(5), 553-558.

6. Miessler, Gary L. Inorganic Chemistry. Prentice Hall, 2013 — 696-bet. ISBN 978-0321811059.

Downloads

Published

2025-01-10