Logo

O’QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY ADABIYOTNING O’RNI(5-SINF MISOLIDA)

Authors

  • Sharipova Shohida Shoymardonovna

    Xalqaro Nordik universiteti magistrant Email: sharipovashohida50@gmail.com
    Author

Keywords:

Kreativ fikrlash, badiiy adabiyot, o‘quvchilar, ta’lim jarayoni, ijodkorlik, 5-sinf, kreativlikni rivojlantirish, adabiy-tahliliy mashg‘ulotlar, ijodiy salohiyat, mustaqil fikrlash.

Abstract

Bugungi kun ta'lim jarayonida o’quvchilarning nafaqat bilim olishlari, balki mustaqil va kreativ fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Xususan, 5-sinf o’quvchilari yoshlikdan o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga va turli masalalarni ijodiy yondashuv bilan hal qilishga o’rgatilishi kerak. Bu borada badiiy adabiyot katta ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘quvchilarni keng dunyoqarashli va ijodkor shaxs sifatida shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur maqolada 5-sinf o‘quvchilari misolida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida badiiy adabiyotning ahamiyati o‘rganilgan. Badiiy adabiyotlar o‘quvchilarning dunyoqarashi, tasavvuri va ijodkorlik salohiyatini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada o‘quv jarayonida badiiy asarlarni o‘qish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarda mustaqil va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, badiiy adabiyotning ijodiy fikrlashga ta’siri amaliy misollar bilan yoritilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti.

2. Navoiy, A. "Xamsa". Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2020.

3. Qodiriy, A. "O‘tkan kunlar". Toshkent: Adabiyot va san‘at nashriyoti, 2019.

4. Vygotskiy, L.S. "Pedagogik psixologiya". Moskva: Pedagogika, 1986.

5. Ken Robinson, "Out of Our Minds: Learning to be Creative". Wiley, 2011.

6. Guilford, J.P. (1967). The Nature of Human Intelligence.

7. Vygotskiy, L.S. (1931). Tasavvur va ijod maktab yoshidagi bolalar faoliyatida.

8. Usmonova, A., Sobirova, M. (2020). O‘zbek tilida kreativ fikrlashni rivojlantirish yo‘llari.

Downloads

Published

2025-01-20