TANA XARITASI: OG‘RIQ VA EMOTSIYALAR O‘RTASIDAGI PSIXOSOMATIK BOG‘LIQLIK
Keywords:
psixosomatika, tana xaritasi, emotsional zo‘riqish, stress, tana xotirasi, psixofiziologiya.Abstract
Maqsad. Ushbu maqolada emotsional holatlarning tana og‘riqlarida aks etishi, psixosomatik simptomlarning tana xaritasi orqali namoyon bo‘lish jarayoni tahlil qilinadi.
Metodlar. Tadqiqot psixofiziologik yondashuv, klinik kuzatuvlar va tegishli ilmiy manbalar sharhiga asoslangan.
Natijalar. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bosh sohasidagi og‘riq, bo‘yin va yelka mushaklari tarangligi, bel og‘riqlari, ko‘krak qafasidagi bosim, oshqozon-ichak tizimidagi buzilishlar ko‘pincha kuchli stress, xavotir, ichki ziddiyat va mas’uliyat yukining ortishi bilan bog‘liq.
Xulosa. Psixosomatik og‘riqlar insonning ichki ruhiy holati tanada ifodalanishi natijasidir. Tana xaritasidan foydalanish diagnostika va terapiya jarayonida bemorning emotsional tajribalarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
References
1. Kroenke, K. (2016). Somatic symptom disorders in clinical practice. JAMA.
2. McEwen, B. (2020). Stress, adaptation, and disease. Annual Review of Medicine.
3. Nemiah, J. (2018). The psychosomatic approach revisited. Psychodynamic Psychiatry.
4. Van der Kolk, B. (2015). The Body Keeps the Score. Penguin.


